• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 27 » Xitoy yangi milliarderlar soni bo‘yicha AQShdan katta farq bilan o‘zib ketdi
14:00
Xitoy yangi milliarderlar soni bo‘yicha AQShdan katta farq bilan o‘zib ketdi

2019-yilda Xitoyda AQShdagiga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p yangi milliarderlar paydo bo‘lgan, deyiladi Hurun tadqiqotlar kompaniyasi hisobotida. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyda (Gonkong va Tayvanni ham qo‘shib hisoblaganda) 2020-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra, milliarderlarning umumiy soni 799 tani tashkil etgan va 182 taga ko‘paygan. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

AQShda esa 2019-yilda 59 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi va ularning umumiy soni 626 nafargacha o‘sdi.

Hisobotga ko‘ra, Pekin milliarderlar soni bo‘yicha yetakchi poytaxt sifatidagi o‘rnini saqlab qolgan, bu yerdagi jami boyvuchchalar soni 110 nafarni tashkil qiladi. Nyu-Yorkda ekspertlarning qayd etishiga ko‘ra, 98 nafar milliarder istiqomat qiladi. Shenchjendagi milliarderlar soni 75, Guanchjoudagi boylar esa — 45 nafar.

Hurun Report ma’lumotlarida, Shanxay ilk bora milliarderlar soni bo‘yicha Gonkongdan o‘zib ketdi: u yerda bir yil ichida 17 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan, Xitoyning maxsus administrativ hududidagi natija esa — yetti nafar milliarder (umumiy son mos ravishda 83 va 76 nafar milliarderni tashkil etgan).

Reuters’ning yozishicha, koronavirusning tarqalishi dunyodagi eng katta ikkinchi iqtisodiyotga zarba berdi, biroq farmasevtika bozori ishtirokchisi bo‘lgan Xitoy kompaniyalarining aksiyalari qimmatlashishiga ham olib keldi, shuningdek, onlayn ta’lim va onlayn-o‘yinlar yo‘nalishidagilar ham boyib qolgan. Karantin va ayrim shaharlar hududida ko‘chalarga chiqish taqiqlab qo‘yilgani tufayli onlayn-xizmatlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi, bu Baidu qidiruv tizimi direktori Robin Lining boyligi ko‘payishiga xizmat qilgan. U ishga tushirgan iQiyi videoplatformasining aksiyalari tadqiqot davrida 8 foizga o‘sgan.

Hurun Report raisi va katta tahlilchisi Rupert Xugeverfning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda Xitoydagi milliarderlar soni AQSh va Hindistondagilarni birga qo‘shib hisoblanganda hosil bo‘ladigan sondan ham ko‘proq. Hisobotga ko‘ra Hindistondagi milliarderlar soni 137 nafar.

Hurun Report’ning global reytingini Amazon asoschisi Jeff Bezos (140 milliard dollar) boshqarmoqda, ikkinchi o‘rinda Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi rahbari Bernar Arno (107 milliard dollar), uchinchi pog‘onada esa Microsoft asoschisi Bill Geyts (106 milliard dollar) bormoqda. Xitoy vakillari asosiy o‘nlikka kira olmagan. Alibaba asoschisi Jek Ma (45 milliard dollar) ro‘yxatda 21-o‘rinda qayd etilgan.

Rossiya ushbu tadqiqotlar natijasida dunyoda milliarderlar soni bo‘yicha 6-o‘rinda ko‘rsatilgan (91 nafar), shundan 72 nafari poytaxt Moskvada yashaydi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:561 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829