• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1371
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 13 » Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan insonparvarlik yordami yetib keldi
20:46
Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan insonparvarlik yordami yetib keldi

Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan tibbiyot vositalari Mudofaa vazirligi mutasaddilari tomonidan qabul qilib olindi. Bu haqda "Vatanparvar” gazetasi muxbiri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelingan. Ular, asosan, yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiy niqoblar, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan. Mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 2 million Xitoy yuani (qariyb 2 milliard 870 million so‘m)ga teng.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mazkur insonparvarlik yordamini topshirish marosimida Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan, harbiy attashe, katta polkovnik Syuy Chanchji yildan yilga rivojlanib borayotgan O‘zbekiston—Xitoy aloqalari birinchi navbatda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarining samarasi ekanini ta’kidladi.

"Ikki mamlakat o‘rtasida barcha jabhalarda har tomonlama mustahkam, do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Xitoy Qurolli Kuchlari tomonidan keltirilgan mazkur ko‘mak o‘zbek xalqining pandemiyadan tezda qutulib, odatdagidek faol hayotga qaytishi va dadil oyoqqa turishiga muayyan darajada xizmat qiladi. Biz birgalikda, albatta, bu virus ustidan g‘alaba qozonamiz”, — deydi Szyan Yan.

Avvalroq Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga, Eronga, Afg‘onistonga, Qirg‘izistonga, Belarusga, Ozarbayjonga, Vengriya, Tojikistonga ikki marta insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:652 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031