• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » Xavi 8 ta talabi. “Barselona” Xavini ortga qaytarishdan voz kechgani haqida
20:02
Xavi 8 ta talabi. “Barselona” Xavini ortga qaytarishdan voz kechgani haqida

Yanvar oyining eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biri — Xavining "Barselona”ga bosh murabbiy sifatida qaytishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 14-yanvar kuni Kataloniya klubi Ernesto Valverdeni iste’foga chiqardi. Bu orada klub uning o‘rniga yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgandi. Gap-so‘zlarga ishonadigan bo‘lsak, klub uning o‘rniga Xavini olib kelmoqchi bo‘lgan. Klub afsonasi Valverdening o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilgan. Rahbariyat Xavini ortga qaytarish orqali klub prezidenti Xosep Bartomeuning anchayin tushib ketgan reytingini ko‘tarib olishni ham ko‘zlagandi.

Qatarda murabbiylik qilayotgan Xavi bilan muzokara o‘tkazishga "Barselona” sport direktori Erik Abidal hamda bosh ijrochi direktor Oskar Graular boradi. Ular sobiq yarim himoyachiga bosh murabbiylik lavozimini taklif qiladi. Biroq ikkala amaldor ham Kataloniyaga Xavisiz qaytadi va Kiki Setyen nomzodiga to‘xtalib, uni "Barselona” bosh murabbiyi sifatida e’lon qiladi.

Keyinroq Abidal Xaviga taklif bilan chiqilmaganini aytdi. Biroq Erik bungacha Valverdening jamoadan ketishini futbolchilar xohlaganini aytib, hatto Messi bilan ham mojaroga borib ulgurgandi. Kataloniyaning mashhur radiosi Cadena SER bu orada klubdagi manbalariga tayanib, Xavi "Barselona” oldiga qator shartlar qo‘ygani, bu esa klubga ma’qul kelmagani haqida ma’lum qildi.

Quyida Xavining "Barselona” oldiga qo‘ygan talablari keltiriladi:

1. Klub sport departamenti ustidan maksimal nazorat

Ushbu teoriya shunday ko‘rinadi: Xavi sport direktori vazifasini ham qisman bo‘yniga oladi. Jumladan, qaysi futbolchilarni sotish va xarid qilish masalalarini hal etadi. O‘zi shtabni hosil qiladi va klubning barcha darajadagi falsafasiga ta’sir qiladi. Ushbu talab orqali Xavi klubdagi jarayonlarga katta ta’sir doirasi bo‘lishini so‘ragan.

2. Joan Vilani ortga qaytarish

Vila "Barselona” modeli asoschilaridan biri hisoblanadi. Qisqa paslar orqali doimiy to‘pga egalik qilishu usulida klub tizimidagi yoshlarni tarbiyalash g‘oyasini "Barselona”da tatbiq qilgan shaxslardan biri. 66 yoshli mutaxassis klub tizimida to‘rtta 10 yillikda ishladi. Xavi ham Vilani futboldagi otasi deb aytib keladi. 2018-yil yozida Kataloniya klubi Vila bilan shartnomani uzaytirmadi va klub akademiya tizimiga yangi modellarni joriy qilish maqsadida u bilan xayrlashdi. Bu esa natija keltirgani yo‘q hozircha.

3. Karles Puyolni taklif qilish

Bu haqida yagona aniq narsa shuki, Xavida Puyolni Kataloniya klubiga qaytarish istagi bo‘lgan. U buni klubga ma’lum ham qilgan. Biroq Xavi Puyoldan nima maqsadda foydalanishi noma’lumligicha qoldi.

4. Yordi Kroyffni klubga olib kelish

Puyol singari kichik Kroyffning ham klubda qaysi lavozim, vazifada bo‘lishi ochiqlanmagan. Futbolchining otasi Yoxan Kroyff (marhum) vaqtida Kataloniya klubi akademiyasiga katta e’tibor qaratgan, shaxsan Xavini esa juda qadrlagan. Yordi esa otasining fikrlari boshqalarga qaraganda yaxshiroq biladi va uning g‘oyalarini qo‘llashga harakat qilib keladi. Bunday maslahatchi esa Xaviga murabbiylar shtabiga yordam bergan bo‘lardi, albatta.

5. Murabbiylar shtabida Xavining akasi Oskar Ferandesning paydo bo‘lishi

Oskar ayni damda Xaviga "As-Sadd”da yordam berib kelmoqda.

6. Klubning barcha yoshdagi jamoalari va akademiyasi ustidan nazorat

Xavi intervyularida tez-tez "Barselona” akademiyasi futbolchilari Gvardiola taklif etgan futbolni yaxshi harakat qilishini ta’kidlab keladi. Boisi, akademiya futbolchilariga yoshlikdan qisqa paslar orqali to‘pga egalik qilish g‘oyasi singdirib boriladi. Shu boisdan ham klubga kelgan top-futbolchilar, masalan, Anri, Abidal, Deku kabi futbolchilarga oson bo‘lmagan.

Boshqa talablardan kelib chiqib shuni aytish mumkin: Xavi "Barselona”ni qanday rivojlantirishni quyidagicha tasavvur qilgan. Qaytish Gvardiola va Kroyff gapirgan o‘zgacha yo‘l ko‘rinishida bo‘lardi. Ishlamaydigan akademiyasiz esa bu maqsadga erishib bo‘lmasdi.

7. Klubdagi tibbiyot tizimini yangilash, uning hozirgi rahbarini ishdan bo‘shatish

Ayni vaqtda "Barselona” tibbiy departamentini Rikard Pruno boshqarmoqda. U klub tizimida 1997-yildan beri ishlaydi. Butun tibbiy tizimga esa 2007-yildan beri javob beradi. Katta ehtimol bilan Xavi Pruna o‘z vazifasini bajara olmayapti deb hisoblagan. "Barselona”dagi jarohatlar soni va surunkali jarohatlar (masalan, Usmon Dembele) Xavining haq ekanligini ko‘rsatadi.

8. Xavi faqat 2020-yil yozida jamoani boshqarishga rozi edi

Bu yerda hammasi juda oddiy — Xavi "As-Sadd” bilan mavsumni yakunlab qo‘yishni xohlagandi. Murabbiylik faoliyatidagi ilk klubni bir mavsum boshqarmasdan ham yarim yo‘lda tashlab ketish g‘alati bo‘lardi, albatta.

Agar Cadena SER ma’lumotlariga ishoniladigan bo‘lsa, Abidal va Grau Xavining ushbu talablarini klub prezidenti Xosep Bartomeuga olib kirgan. Talablar bilan tanishib chiqqan prezident esa boshqa nomzodni murabbiylikka ko‘rib chiqish qarorini bergan.

Umuman olganda Xavini jamoaga qaytarish juda katta ahamiyatga ega. "Barselona”ni oldinda klub prezidentligi uchun saylovlar kutib turibdi. U 2021-yilga rejalashtirilgan. Bartomeu hozirgacha bir nechta mojarolarga aralashib qoldi. Masalan, klub futbolchilarini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilish uchun feyk akkauntlarga pul to‘lagan, klubning ijtimoiy tarmoqlardagi imijini ijobiy holatda ushlab turish uchun 1 million yevro sarflangani aytilmoqda). Shunday ekan, saylovlar 2020-yil yozidayoq amalga oshishi mumkin.

Bartomeuning o‘zi prezidentlikka nomzodini ilgari surmoqchi emas. Biroq uning tarafdorlaridan biri nomzodini ilgari surishi katta ehtimol. Xavi, Puyol va klub sobiq prezidenti Joan Gaspar esa Viktor Font nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda. Viktor bo‘lsa allaqachon agar u klub prezidentiga aylansa, Xavi "Barselona” bosh murabbiyi bo‘lishini aytib ulgurgan. Ha aytgancha, saylovlarda klubning sobiq prezidenti, Gvardiolaning yaqin do‘sti Xoan Laporta ham ishtirok etishi kutilmoqda. "Barselona” aynan uning davrida (2003—2010-yillarda) ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:581 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829