• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » WSJ: Trampni qayta saylash kampaniyasi uchun Xitoy tomonidan ham xayriya qilingan
14:48
WSJ: Trampni qayta saylash kampaniyasi uchun Xitoy tomonidan ham xayriya qilingan

Xitoy hukumati vakillari bilan aloqada bo‘lgan xitoyliklar Donald Trampni AQSh prezidenti etib qayta saylash kampaniyasi uchun mablag‘ to‘playotgan Trump Victory fondiga yuz minglab dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, fond hisob raqamiga 2017-yili Xitoyning to‘rt nafar fuqarosidan pul kelib tushgan. Ular sarmoya kiritish yo‘li bilan Respublikachilar partiyasi qurultoyida ishtirok etish uchun taklifnomani qo‘lga kiritishni va kelgusida, ehtimol, unga ta’sir ko‘rsatish maqsadida Tramp bilan yaqinlashishni xohlagan bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Trump Victory hisobiga pul o‘tkazganlarning ayrimlari Xitoy davlat xavfsizlik xizmati devoni, xususan, qurolli kuchlarga aloqador tashkilotlar a’zolari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Nashrning yozishicha, bu odamlar xitoylik mashhur siyosiy arboblarni Trampga yaqinlashish borasida muvaffaqiyatga erishayotganliklari haqida xabardor qilgan o‘rinlari ham bo‘lgan.

Maqolada qayd etilishicha, fondga katta mablag‘ni xayriya qilgan xitoyliklarning uch nafari — ular orasida Xitoy markaziy hukumatida ishlovchi shaxs ham bo‘lgan — 2017-yil may oyida Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasining Kaliforniya shtatidan vakili bo‘lgan Shon Stil tomonidan AQShda tashkil etilgan yopiq uchrashuvda mehmon bo‘lgan. Unda, ta’kidlanishicha, respublikachilarning saylovoldi kampaniyalarini o‘tkazish, shuningdek, partiyaning boshqa ichki masalalari muhokama qilingan.

Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasi WSJ’ning so‘rovlariga javoban, o‘sha uchrashuvdan so‘ng Shon Stilga "siyosatimizni noqonuniy tashqi aralashuvlardan” himoya qilish maqsadida Xitoy fuqarolari bilan aloqalarni to‘xtatish haqida topshiriq berilganini ma’lum qilgan. Qo‘mitaning qayd etishicha, partiya fond hisob raqamiga o‘tkazilgan pullarni qaytarib bermoqchi emas, chunki ular saylovoldi kampaniyalarini moliyalashtirish qoidalariga zid emas.

Maqola mualliflari xitoyliklar tomonidan Trump Victory fondiga pul mablag‘larining o‘tkazilishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlay olmagan. Bundan tashqari, WSJ’ning alohida qayd etishicha, Trampning o‘zi bunday xayriyalardan bexabar qolgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Oq uy gazetaning so‘rovlariga javob bermagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:433 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь