• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 2 » Vladimir Putin koronavirus sababli Rossiyada ishlanmaydigan kunlarni 30-aprelgacha uzaytirdi
20:36
Vladimir Putin koronavirus sababli Rossiyada ishlanmaydigan kunlarni 30-aprelgacha uzaytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus sababli mamlakatda joriy qilingan ishlanmaydigan kunlarning uzaytirilishini ma’lum qildi. Rossiya aholisiga 2-aprel kuni televideniye orqali murojaat qilgan Putin 30-aprelgacha barcha kunlar ishlanmaydigan kun bo‘lishini aytdi. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar vaziyat imkon bersa, ishlanmaydigan kunlar soni qisqartirilishi mumkin.

Bundan avval Putin 25-mart kuni Rossiya aholisiga televideniye orqali murojaat qilgan. Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashga bag‘ishlangan nutqida prezident 30-martdan 5-aprelgacha bir hafta ishlanmasligini e’lon qilgandi. Bunday kunlarda korxonalar ishchilarining ish haqini saqlashi kerak edi, ishlanmagan kunlar esa yillik ta’tilga kiritilmasligi belgilangan. Biroq bir qator toifadagi ishchilar ishini davom ettirgan, tashkilotlarning katta qismi masofadan ishlashni boshlagan.

HeadHunter xizmati tomonidan 30-mart kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning 64 foizi ushbu haftada ishlashni davom ettiradi. Qolganlari buni turli sabablarga ko‘ra amalga oshirmaydi — ba’zi ish beruvchilar xodimlarini dam olishga yuborgan, ba’zilari esa inqiroz sababli xodimlar sonini qisqartirgan.

Putin bilan 1-aprel kuni bo‘lib o‘tgan masofaviy uchrashuvda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ishlanmaydigan muddatni uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Prezidentning o‘zi ushbu yig‘ilishda COVID-19 ning Rossiyada tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotganini aytgan. 2-aprel kuni infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab mamlakatda yana 771 ta yangi holat aniqlanganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, 25-mart kuni qilingan murojaatda Putin yangi soliqlarni joriy qilishni, xususan, banklardagi omonatlardan keladigan foizlar bo‘yicha daromadlarni va chet elga olib chiqib ketiladigan dividendlarni soliqqa tortishni taklif qilgan.

Putinning 2-aprel kuni koronavirus yuzasidan yana bir marta rossiyaliklarga murojaat qilishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:533 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь