• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1897
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 23 » Virusologlar koronavirusning butunlay yo‘qolishi ehtimolini baholadi
14:47
Virusologlar koronavirusning butunlay yo‘qolishi ehtimolini baholadi

COVID-19 pandemiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 koronavirusi katta ehtimol bilan endi Yer yuzidan yo‘qolmaydi, deb yozmoqda "RBK” virusologlar bergan ma’lumotlarga tayanib.

U mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda, biroq aynan qaysi tomonga va qanday oqibatlar sari ketayotganini oldindan taxmin qilish juda qiyin. Katta ehtimol bilan u odamlar uchun xavfsizroq bo‘lib boradi, ammo bunday taxmin bilan bir qatorda uning dunyoda tarqalishi jiddiy tahdid tug‘dirishini ham yodda tutish lozim.

Tibbiyot fanlari doktori, virusolog, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi professori Anatoliy Altshteyn SARS-CoV-2 odam tanasiga moslashib olgani sababli virusning insoniyatdan yo‘qolishi ehtimoli kam, deb baholamoqda.

"U bizni tark etadi, deb o‘ylamayman. U insoniyatga juda yaxshi moslashib oldi, odamlar tanasida yaxshi rivojlanyapti, bizni juda oson kasallayapti. Nega qayergadir ketishi kerak? Taxminimga ko‘ra, u bir-ikki yildan keyin bizdagi nafas olish yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradigan juda ko‘p viruslar qatoriga qo‘shiladi”, — deydi professor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, odatda viruslar evolyutsiyasida ularning patogenligi pasaya boradi. "Evolyutsiya jihatdan shunday viruslar tanlab olinadiki, ular odamni juda yaxshi kasallashi, lekin shu bilan birga, uni o‘ldirmasligi kerak. Bu aksariyat infeksion kasalliklarning juda yaxshi ma’lum bo‘lgan qonuniyatidir”, — degan u.

Anatoliy Altshteynning qo‘shimcha qilishicha, virusning kelajagini aniq bashorat qilish juda qiyin. "Ammo shunga qaramay, uning antigen xususiyatlariga ko‘ra u qadar o‘zgaruvchan bo‘lmaydi, deb umid qilaman. Kelajakda SARS-CoV-2 yaxshilanishi dargumon, ammo bu qadar xavfli bo‘lmasligi kerak”, — deya so‘zlarini yakunlagan virusolog.

Biologiya fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, Novosibirsk davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya va virusologiya laboratoriyasining mudiri Sergey Netyosov ham koronavirus vaqt o‘tib xavfsizroq bo‘lishini taxmin qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:658 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031