• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Virusolog AQShda 25 mln nafar amerikalik koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi
21:53
Virusolog AQShda 25 mln nafar amerikalik koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

AQShda rasmiy ma’lumotlarda aytilayotgan ko‘rsatkichdan 10 baravar ko‘p, ya’ni, taxminan, 25 million aholi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari direktori Robert Redfild ma’lum qildi.

"Virus kasallikning belgisiz turining tarqalishiga sababchi bo‘lmoqda. Biz kasallik tarqalishining, taxminan, 10 foizini ortda qoldirdik”, — deya uning so‘zlarini keltiradi The Hill nashri.

Avval AQShdagi testlarda 2,4 million amerikalikda koronavirus borligi aniqlangani ma’lum qilingandi, biroq Redfild boshqa testlarda, donorlar topshirgan qonda koronavirus bilan kasallanishning 328 millionlik aholida 5-8 foizga tengligini qayd etgan.

Redfild AQShda yuz millionlab odamlar hali ham COVID-19 yuqtirib olish xavfi ostida ekanini ta’kidlagan.

"Kasallikning tarqalishi tugagani yo‘q. Pandemiya yakuniga yetmadi. Ixtiyorimizdagi eng kuchli qurol — masofani saqlash. Barchamiz keksa yoshlilar uchun sotsial moslashuv strategiyasini ishlab chiqishga mas’ulmiz”, — degan u.

Shuningdek, Redfild AQShda hali ham turli shakllardagi koronavirus tarqalishining birinchi to‘lqini davom etayotganini aytd etgan.

Worldometer portalidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 2,4 millionta COVID-19 yuqitirib olish holati kuzatilgan, 124 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan, 1 million nafardan ko‘proq kishi infeksiyadan tuzalgan.

Avvalroq CNBC telekanali AQShda koronavirus bilan kasallanish holati bo‘yicha rekord qayd etilganini xabar qilgan. Oxirgi bir sutka ichida 45,5 mingta yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

Xususan, Kaliforniyada oxirgi ikki kun ichida koronavirusga chalinish 69 foizga o‘sgan. Bir sutka davomida 7,1 mingta yangi kasallanish holati kuzatilgan.

Shuningdek Texas, Arizona, Alabama, Yuta, Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarida ham kasallanish ko‘rsatkichi yuqori. Mazkur shtatlar koronavirus bo‘yicha "qaynoq nuqtalar” hisoblanadi.

Kolumbiya, Konnektikut, Illinoys, Indiana, Merilend, Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-Gempshir va Rod-Aylendda bemorlarni kasalxonalarga yotqizishlar soni kamaymoqda. Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo hududdagi kasalxonalarda mart oyidan beri ilk bor koronavirusga chalingan bemorlar soni kamayganini bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:508 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь