• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Uzcard Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ma’lumot bermasdan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzmoqda
07:46
Uzcard Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ma’lumot bermasdan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzmoqda

Uzcard Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ma’lumot bermasdan "Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzmoqda"Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitatsiya qiladi) banklardagi onlayn omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshlagani jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargandi. Keyinchalik monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bunday to‘lov olishning qanchalik darajada to‘g‘ri va asosli ekanini o‘rgana boshlagani xabar qilingandi. O‘rganish jarayoni boshlanganidan deyarli ikki oy vaqt o‘tgach, qo‘mita masala yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJdan so‘ralgan tegishli ma’lumotlar to‘liq berilmagan va shu sababli o‘rganish muddati cho‘zilib ketgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi "Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etmasa, O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga binoan mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’muriyati ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

"Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarning mansabdorlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi birinchi qismida mazkur qoidabuzarlik uchun jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha jarima tayinlanishi belgilangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:447 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь