• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 14 » Uzbekistan Airways koronavirus ta’siri O‘zbekiston aviatsiyasigacha yetib kelgani haqidagi xabarga izoh berdi
14:07
Uzbekistan Airways koronavirus ta’siri O‘zbekiston aviatsiyasigacha yetib kelgani haqidagi xabarga izoh berdi

Uzbekistan Airways ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning aviatsiya iqtisodiyotiga ta’sir qilishi, aviakompaniya o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tiliga jo‘natishni rejalashtirayotgani, majburiy ta’tilga deyarli barcha xizmat vakillari jo‘natilishi, vaziyat qancha davom etishi noma’lumligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

"Bu xabar texniklarimizning ichki guruhida tarqalgan, ammo haqiqatga zid. Qizig‘i, boshqa yo‘nalishlardan farqli ravishda aynan shu bo‘lim katta ish hajmiga ega. Sababi texnik xizmatlarimiz eng kamida aprel oyiga qadar buyurtmalarga ega va tinimsiz ishlayapti.

Endi bevosita Uzbekistan Airways’ning faoliyatiga kelsak, chindan ham ko‘plab reyslar bekor qilinayotganidan xabaringiz bor. Bu nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Lekin shunga qaramay rahbariyat ishdan bo‘shatish, majburiy ta’tilga chiqarishni rejalashtirmagan, aksincha bunday qilmaslik uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Navro‘z bayrami arafasida ichki reyslarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildik. Xalqaro reyslar bo‘yicha ham bunday rejalarimiz bor edi, ammo koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli keyinga surildi.

Eng muhimi, butun dunyo aviakompaniyalari bugungi kunda murakkab vaziyatda. Uzbekistan Airways vaziyatdan kamroq talafot bilan chiqish yo‘llarini izlamoqda. Xususan, xaridlar qayta ko‘rib chiqilyapti, optimizatsiya usullari qo‘llanyapti.

Albatta, vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda va buni hisobga olmaslikning iloji yo‘q. Agar sharoit taqozosi bilan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘lsak, bu haqda rasman xabar beramiz”, — dedi milliy aviakompaniya matbuot kotibi Habibullo Nabiyev.

Avval Uzbekistan Airways’ning koronavirus sabab xorij fuqarolariga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarish imkoniyatini berishi, O‘zbekistonning 14-martdan boshlab Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishi xabar qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:578 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031