• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Sentyabr » 21 » UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga murojaat qildi
19:35
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga murojaat qildi

UzAuto Motors kompaniyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatmasini o‘z ichiga olgan qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning UzAuto Motors kompaniyasidan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risidagi qarori ko‘rib chiqiladi.

Deputatning bildirishicha, sud ishi 2-oktabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

"Ko‘ramiz, sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkan.

Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasin-da, ishqilib”, — deya qo‘shimcha qilgan Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan "Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan. Qo‘mitaning 2020-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach, UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:526 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930