• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshganiga izoh berdi
16:44
UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshganiga izoh berdi


UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart, dushanba, kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 4-martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun barcha shartlar saqlab qolinadi.

"2017-yilning sentabr oyida so‘nggi marta avtomobil narxlari o‘zgarganidan buyon dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sdi, xomashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshdi.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019-yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS bo‘yicha to‘lashni boshladi. 2019-yilda kompaniya 2,5 trillion so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trillion so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda kompaniyaning o‘zi uchun belgilagan ustuvor yo‘nalishlardan biri bu so‘nggi vaqtda amaliyotda keng qo‘llanilayotgan iste’molchilar uchun ajratiladigan avtokredit va muddatli to‘lov tizimlarini yanada rivojlantirishdir. Ushbu yo‘nalish banklar bilan yaqin hamkorlikni ko‘zda tutadi. UzAuto Motors avtomobil kreditlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan banklar bilan hamkorlik uchun doim ochiqligini bildirgan.

2019-yil davomida kredit dasturlari, muddatli to‘lov va boshqa maxsus takliflar natijasida iste’molchilarga 52 mingdan ortiq mashina sotilgan.

"O‘zbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sog‘lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida ‘O‘zavtosanoat’ yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsud Qurbonboyev UzAuto Motors mutasaddilaridan avtomobil narxlarining oshirilishi yuzasidan tushuntirish so‘rab, "Narxlar qaysi omillar tufayli oshganini iste’molchi bilishga haqqi bormi yoki yo‘qmi?”, deb aytgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031