• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 19 » Uxandan O‘zbekistonga olib kelingan 84 kishi karantindan chiqdi — ularda ham koronavirus alomatlari aniqlanmadi
12:53
Uxandan O‘zbekistonga olib kelingan 84 kishi karantindan chiqdi — ularda ham koronavirus alomatlari aniqlanmadi

Xitoydagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 4—6 fevral kunlari tashkil etilgan uchta charter reyslaridan bittasi bevosita koronavirus infeksiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan tashkil etilgan edi. Parvoz davomida yo‘lovchilar orasida tana harorati ko‘tarilgan va sog‘lig‘ida o‘zgarishlar bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan edi.

Uxan shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan mazkur reysda 84 nafar fuqaro, jumladan, besh nafar Qozog‘iston fuqarosi kelgan edi. Shundan 61 nafari erkak, 20 nafari xotin-qizlar va 3 nafari voyaga yetmagan bolalar edi. Yo‘lovchilar maxsus avtobuslarda koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Toshkent shahridagi 6-son klinik shifoxonasiga olib borib, joylashtirilgan edi.

"Bugun, 19-fevral kuni ushbu davolash muassasasida joylashtirilgan 84 nafar fuqaro karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatildi”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

"Ochig‘i, Xitoyning Uxan shahri koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lgani bois judayam xavotirga tushgan edik. Shunday qaltis vaziyatda davlatimiz tomonidan o‘z fuqarolariga ko‘mak bergani bizni judayam g‘ururlantirdi”, — deydi toshkentlik Doniyor Ubaydullayev.

"Biz joylashgan shifoxonada tibbiy tekshiruv, yashash va bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan ekan. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining 14 kun davomida fidoyilik bilan, kecha-yu kunduz faoliyat yuritishgani bizni hayratga soldi. Vatanparvarlik va o‘z kasbiga sodiqlik borasida jonkuyar shifokorlar haqiqiy namuna bo‘la olishdi. Beminnat ko‘magi uchun ularga katta rahmat”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Vazirlikning qayd etishicha, shifoxonada 110 ta o‘rin tayyorlangan bo‘lib, tibbiy kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxandan olib kelingan fuqarolarimiz 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat’iy karantin holatida saqlandi.

Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. "Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

"Uxanda oilaviy yashardik. Turmush o‘rtog‘im universitetda dars beradi. Koronavirus infeksiyasini eshitganimizda avvaliga shokka tushib qoldik. Ikki farzandimiz bilan uydan chiqmaslikka harakat qildik”, – deydi farg‘onalik Madina Xudoyqulova.

"Keyin evakuatsiya qilishlarini aytishganda rosa quvonganmiz. Chunki hamma davlatlar ham Xitoydan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olishmadi. Uxan shahridagi evakuatsiya jarayonida birinchi bo‘lib yurtimiz shifokorlari bizni qarshi olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgach ancha xotirjam bo‘ldik. Karantin davrida ham shifokorlarimiz bizga juda yaxshi qarashdi. Endilikda ko‘tarinki kayfiyat bilan ota-onamiz, yaqinlarimiz bag‘riga shoshyapmiz”, — dedi u.

Avvalroq 18-fevral kuni Xitoydan qaytarilib, Toshkent viloyatidagi "Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirilgan 294 nafar fuqaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 kunlik karantindan so‘ng uyiga javob berilgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, turli maqsadlar bilan Xitoyda safarda bo‘lgan jami 584 nafar fuqaro 2020-yilning 4—6-fevral kunlari uchta charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan edi. Ularning 459 nafari erkak va 125 nafari xotin-qizlardir.
Категория: Har-Hil | Просмотров:466 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829