• Oila Uchun Turk Serial - 155 Qism
  • Morbius - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 154 Qism
  • Yolg'on Haqiqat - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 153 Qism
  • Ota va Qiz - O'zbek Tilida
  • Yomon Yigitlar - Multfilm O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 152 Qism
  • Eski Tig'lar - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 151 Qism
  • Bag'dodlik O'g'ri - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 150 Qism
  • Benzin Xiyoboni - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 149 Qism
  • Sonik 2 - O'zbek Tilida Premyera
  • Oila Uchun Turk Serial - 148 Qism
  • Serjant Bilko - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 147 Qism
  • Yashil Papayya Ifori - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 146 Qism
Клип премьера
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1828
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 54
Гостей: 54
Пользователи 0

Мансур79
Arslon18
Abduna4i
21meri
Khayitov
118889
Nozanin
Moydinjonov
83oybek83
Nozlima90
Главная » 2020 » Fevral » 2 » “Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘ladi”. Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi
10:11
“Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘ladi”. Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatda tarqalgan koronavirus tufayli ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Janobi Oliylari,

Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan kasallik tarqalishining fojiali oqibatlari to‘g‘risidagi tashvishli xabarlar O‘zbekiston Respublikasida alohida xavotir va qayg‘u bilan qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Xitoy Xalq respublikasi xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, barcha jabrlanganlarning tez fursatda shifo topishini tilayman.

Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘lib, xitoylik do‘stlarga chin dildan qayg‘udosh ekanini alohida ta’kidlashni istardim.

Sizning rahbarligingiz ostida ushbu xavfli pandemiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan mardona sa’y-harakatlar va samarali chora-tadbirlarni yuksak qadrlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu umumiy xatarni bartaraf etish maqsadida zarur ko‘mak ko‘rsatishga intilamiz.

O‘zbekiston hukumati ushbu kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyor.

Yana bir bor chuqur hamdardlik izhor etib, Sizning qat’iy harakatlaringiz tufayli buyuk xitoy xalqi ushbu qiyinchiliklarni tez fursatda munosib yengib o‘tishiga ishonch bildiraman”, — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasidagi yig‘ilishda koronavirus masalasiga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

"Hozirgi koronavirus ko‘zimizni moshdek ochishi kerak”, — deb aytgan Prezident.

Davlat rahbarining aytishicha, bunda qaysi yo‘nalish bo‘yicha nimalar qilinishi kerak, nimalar ixtiro qilinishi kerak — shu kabi masalalarga tayyor bo‘lish lozim.

"Xalqimizning xavfsizligini o‘ylashimiz kerak”, — deb ta’kidlagan edi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Xitoyda bir sutka davomida koronavirus tufayli 46 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shu tariqa mamlakatda mazkur kasallik qurbonlari soni 259 kishiga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus kirib kelishiga qarshi ehtiyot choralari yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:295 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829