Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 238
Статистика

waplogStatok.net


Сейчас онлайн: 25
Гостей: 25
Пользователи 0

998749949480
karol
asasin77
woxruvz
alik(
OmonboyOtaxonov
Nurik
Miss99
mcjoni
dilbek
Тизер
Главная » 2016 » Oktyabr » 2 » Uni aroqho'r va fohishaboz deyishar edi, ammo o'lganida yuzidan nur taralib turdi...
15:21
Uni aroqho'r va fohishaboz deyishar edi, ammo o'lganida yuzidan nur taralib turdi...

Qadimda bir podshoh o'tgan ekan. Bir kuni u tunda ko'rgan tushidan ta`sirlanib uzoq o'y suribdi va vazirini chaqirib: "Tayyorlan! Saroydan tashqariga chiqamiz”, debdi. Birozdan so'ng ikkovlon oddiy kiyinib, yo'lda ketib borardilar. Bir qishloqqa Yetganlarida podshoh tushida ko'rgan joyni tanib qoldi. Atrofda odam ko'p, hamma o'z ishi bilan band. Shundoqqina Yerda bir odamning jasadi yotar, hech kim unga e`tibor ham bermasdi. Shunda podshoh odamlardan so'radi: "Bu kimning jasadi, birodarlar? Nega u bunday horlikda yotibdi?”"E, so'ramang, mehmon! Bu uyatsiz bir aroqho'rning jasadi”, deb javob berdi bir odam. "U mening qirq  yillik qo'shnim edi. Tan olish kerak, juda mohir taqachi bo'lgan. Ertadan to qora kechgacha tinim bilmay ishlar, ammo qaYerdaki aroq bo'lsa, bor-budini berib bo'lsa ham sotib olardi. Uyiga fohishalarni boshlab kelishdan ham toymasdi, bugun bittasini, ertasiga boshqasini... Agar ishonmasangiz, boshqalardan ham so'rang, marhumni biror marta jamoat bilan hech kim ko'rmagan...”. Bir fursatdan keyin odamlar tarqalib ketishdi. — Yuring, shohim, biz ham ketaylik, — dedi vazir. — Yo'q! — dedi podshoh. — Men ko'rgan tushimning hikmatini hali tushuna olganim yo'q. Jasadni olib ketamiz. Sen g'am Yema, uni yuvib, kafanlab ko'mishni o'zim uddalayman. Faqat yuvish uchun joy topsak, kifoya... Ikkovlon jasadni ko'tarib, narigi  qishloqdagi masjid sari yo'l oldilar. Jasadni kafanlar ekan, marhum yuzidagi nurni, lablaridagi ma`noli tabassumni ko'rib hayollaridan: «Bu odam qo'shnilari aytganidek yomon kimsaga o'hshamaydi-ku», degan o'y o'tdi. Barcha ishlar bitgach, vazir: "Shohim, bu odam  to'g'risida yanglish fikr eshitmadikmikin? Marhumning yaqinlari, bola-chaqalarini surishtirish kerak shekilli, — dedi. "To'g'ri aytasan”, dedi podshoh. "Sen shu Yerda tur, men uning uyiga borib kelaman. Podshoh so'rab-surishtirib, marhum yashagan uyni topdi. Eshikni ochgan ma`sumagina ayol shohning so'zlarini diqqat bilan tinglar ekan, musibatni mardona qarshilashga harchand urinsa-da, ko'zidan oqqan shashqator yoshlarini tiya olmadi. — Mening erim o'zi bir olam edi, — dedi ayol. — Ertadan kechgacha tinim bilmay ishlab, topgan puliga uyga aroq olib kelardi. Keyin bularni hamqishloqlarim ichmasin, deya hojathonaga to'kardi. Ba`zida uyimizga ahloqi buzuq ayollarni ham Yetaklab kelardi va «Men sizlarning vaqtingizni sotib oldim-a?», deb so'rardi. Ulardan tasdiq javobini olgach, «Endi mana bu Yerda o'tirib, tinglanglar», derdi. Men esa ularga imon-e`tiqod haqida Alloh qodir qilganicha o'rgatardim. Erim qishlog'imizdagi masjidga bormas, ibodat uchun qo'shni qishloqdagi masjidga qatnardi. Sababini so'rasam, «Shunday imomning ortida turib ibodat qilginki, quloq qoqqaningda qarshingda Ka`bani ko'rgin», degan edi… Odamlar erimning ishlarini noto'g'ri tushunishardi. Bu haqda unga ko'p aytganman. Bir kuni: "Qo'shnilar siz haqingizda yomon o'ylashyapti, ishqilib janozangiz o'rtada qolmasa edi”, dedim. Shundan keyin erim o'zi uchun qabr kovlab qo'ydi. Men yana e`tiroz  bildirdim: "Qabr kavlash bilan ish tugamaydi, ahir sizni kim yuvib, kim kafanlaydi, kim ko'madi?”, dedim. "Ho'sh-ho'sh, u nima dedi?”, shoshib so'radi podshoh. "U tabassum qilib, «Ahir Hudo bor-ku, hotin. Mening o'ligim  ko'chada qolmaydi! Odamlar bo'lmasa, podshoh bor!..”, dedi...

Категория: Har-Hil | Просмотров: 284 | Добавил: Admin | Теги: ammo o'lganida yuzidan nur taralib , Uni aroqho'r va fohishaboz deyishar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь