• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » “Ularning ko‘chada uxlayotganini ko‘rib yig‘ladim”. “Monako” futbolchisi senegallik 80 nafar muhojirni Ispaniyada turar joy bilan ta’minladi
17:02
“Ularning ko‘chada uxlayotganini ko‘rib yig‘ladim”. “Monako” futbolchisi senegallik 80 nafar muhojirni Ispaniyada turar joy bilan ta’minladi

"Monako” yarim himoyachisi Keyta Balde koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin vaqtida senegallik ishchilarga Kataloniyada yashash uchun pul to‘lagani haqida gapirib berdi.

"Avvalambor, bu voqeaning men haqimda emasligini aytib o‘tishim kerak. Aksincha, u to‘g‘ri ish qilish haqidadir.

Hammasi kutilmaganda sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Senegaldan kelgan ishchilarning men tug‘ilib o‘sgan Kataloniyada yo‘l yuzida uxlayotgani aks etgan videoni ko‘rib qoldim.

Odatda men kamroq yig‘lashga harakat qilaman. Lekin bu safar ko‘z yoshlarimni ushlab tura olmadim. Keyin esa shaxsan bu masalaga aralashishga, ularga yordam berishga va muammoni hal etishga qaror qildim. Men to‘g‘ri ish qilishga majbur edim.

Oilam menga yaxshi tarbiya bergan va to‘g‘ri qadriyatlarni singdirgan. Bu yerda ro‘y bergan holat achinarli. Ammo buni istalgan joyda: Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiyada ham uchratish mumkin.

Men shunchaki har bir inson yaxshi ish qila olishi mumkinligi haqida namuna ko‘rsatdim. Bunda yordamning katta yoki kichikligi ahamiyatsiz. Biz hech bo‘lmaganda odamlarning hayotini yaxshilaydigan biron bir ish qilishimiz mumkin. Faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi so‘zlar yetarli emas. Harakat qilish va muammolarni hal qilish lozim.

Avvaliga bu osondek tuyuldi, lekin nimalardir qilishga to‘g‘ri keldi. Muammolar — hayotning bir qismidir. Yaxshisi, ularni hal qilishga e’tibor qaratish lozim. Ispaniyadagi odamlar bilan ham shunday bo‘ldi. Muhimi, ishchilar xursand”, — deydi Balde.

25 yoshli Keyta Balde koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangan Fransiya chempionatida 21 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:473 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь