• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Ukrainaning SkyUp Airlines loukosteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ariza berdi
18:46
Ukrainaning SkyUp Airlines loukosteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ariza berdi

Ukrainaning 2016-yilda asos solingan SkyUp Airlines loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ariza berdi. Bu haqda Ukraina davlat aviatsiya xizmati ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Kompaniyaning arizasiga ko‘ra, u 2020-yil 1-iyuldan boshlab cheklanmagan muddatga parvozlarni amalga oshirish huquqini berishni so‘ramoqda. Kompaniya Toshkent va Kiyev o‘rtasida haftasiga ikki marta parvoz qilish istagini bildirgan. Ukraina davlat aviatsiya xizmati mazkur masalani 26-iyun kuni ko‘rib chiqadi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent—Kiyev—Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni 2015-yilning may oyida to‘xtatgan, o‘sha yilning sentabr oyida esa Ukraina poytaxtidagi ofisini yopgan.

O‘shanda "Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasi ham mazkur yo‘nalishdagi parvozlarini to‘xtatgan — mojaro Ukraina aviakompaniyasining ehtimoliy ustunligidan kelib chiqqan, u Borispol aeroporti orqali amalga oshiriladigan tranzit yordamida yo‘lovchi oqimining bir qismini olib qo‘ygan.

O‘zbekiston Ukraina kompaniyasidan parvozlar chastotasini haftasiga ikkitadan bittaga kamaytirishni talab qilgan, buning oqibatida "Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning tranzit modeli samarali ishlashdan to‘xtashi mumkin edi. "Ukraina xalqaro avialiniyalari” parvozlar chastotasini kamaytirishga rozi bo‘lmagan, buning oqibatida ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘xtatilgan.

2017-yilning dekabr oyi oxirida ikki mamlakat aviatsiya idoralari protokol imzolagani va yaqin vaqt ichida to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Biroq O‘zbekiston tomonlar o‘rtasida hal qilinmagan masalalar borligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtab qolgan xalqaro aviqatnovlarini 15-iyundan boshlab "qizil”, "sariq” va "yashil” reyslar prinsipi asosida qayta tikladi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi iyun-iyul oylarida O‘zbekistonga bir nechta reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning Turkish Airlines xalqaro aviakompaniyasi Istanbul—Toshkent aviareyslari 1-iyuldan qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Tojikiston 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar 15-iyuldan tiklanishi kutilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:469 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь