• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 19 » Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 10 yilga qamalgan qirg‘izistonlik Rossiyadan yordam so‘radi
23:36
Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 10 yilga qamalgan qirg‘izistonlik Rossiyadan yordam so‘radi

Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 10 yilga qamalgan Qirg‘iziston fuqarosi Asqar Kubanichbek o‘g‘li Rossiyadan yordam so‘radi. Bu haqda Russian Today xabar berdi.

Kubanichbek o‘g‘li Ukrainadagi urushda rus qo‘shinlari tomonida qatnashgan. Vataniga qaytgach, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uni hibsga olgan. 16-may kuni Bishkekning Pervomay tuman sudi Kubanichbek o‘g‘lini Jinoyat kodeksining 416-moddasi bilan aybdor deb topgan. 

Unga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bishkek shahar sudi birinchi instansiya hukmini o‘z kuchida qoldirgan.

Poytaxtdagi tergov izolyatorida bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi Rossiya matbuotiga intervyu bergan. 

Asqar, aytingchi, nega Ukrainadagi "maxsus operatsiyada” qatnashishga qaror qildingiz?

— Dronlarni boshqara oladigan ko‘ngillilar kamligini bilgach, borish haqida o‘yladim. Qirg‘izman, lekin o‘zimni rus deb bilaman.

Qachon va nima uchun xizmatni tark etishga qaror qildingiz?

— 2022-yil oktabr oyida akamdan otamning betob ekani, otam bilan uchrashishim kerakligini bildim. Dadam frontga ketganimni bilardi: ketishdan oldin undan duo oldim. Axir bobom ham Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.

Qanday qilib va ​​qachon hibsga olindingiz?

— Noyabrda Bishkekka keldim, dadam bilan uchrashdim. Keyin oilamiz bilan Yangi yilni nishonladik, o‘n kundan keyin qo‘llarimga kishan taqib, meni uydan olib ketishdi. Hibsga olish paytida menga Rossiya tomonida jangovar harakatlarda qatnashganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berishdi.

Rossiya Federatsiyasi va ruslarga qandaydir ariza yoki iltimos bilan murojaat qilmoqchimisiz?

— Men Rossiyaga, barcha xalqqa murojaat qilmoqchiman: yordam so‘rayman, chunki urushda ixtiyoriy ravishda qatnashganim uchun o‘n yilga qamalganman. Hozir og‘ir ahvoldaman, Bishkekdagi tergov izolyatorida o‘tiribman. Mening oilam ham qiyin ahvolda: onam, dadam.

Bu yerdan chiqib, oilam bilan bo‘lishim uchun menga Rossiya pasporti va fuqaroligini berishingizni so‘rayman.

O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!

O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, yollanish uchun ham Jinoyat kodeksining 154-moddasida javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bunday javobgarlik boshqa davlatlar (xususan, qo‘shni davlatning) Jinoyat kodekslarida ham belgilangan.

Masalan, Tojikiston Jinoyat kodeksining 401,1-moddasiga ko‘ra 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasiga ko‘ra 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi, Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 162,1-moddasiga ko‘ra esa 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan. O‘zbekiston fuqarolari faqat O‘zbekiston armiyasida xizmat o‘tashlari mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:141 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31