Tushida tish ko'rish qarindoshlar, yaqin kishilardir. Tepa tishlar erkaklar, pastki tishlar ayollarga nisbat beriladi. Jag' tishlari moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni ifodalaydi. Tushda tishlarga nima bo'lganini ko'rish qarindoshlar, yaqinlarning holiga ishoradir. Ortiqcha tishi chiqqanini ko'rgan kishi qarindoshidan foyda ko'radi. Tishining kamligi zarardan darakdir. Homilador ayol tishining qo'li yoki etagiga tushganini ko'rsa, bola nobud bo'ladi. Tishlar oila a'zolaridir. Tepa jag'dagi tishlar tush ko'rgan kishining ota tomon qarindoshlardir. Pastki jag'dagi tishlar esa ona tomon qarindoshlardir. Ikkita pastki va ikkita ustki jag'da joylashgan oldingi to'rtta tishdan past jag'dagi ikkitasi tush ko'ran kishining eng yaqin avlodlaridir. Tepa jag'dagi oldingi ikki tish ota va amakidir. Tush ko'rgan kishining otasi, amakisi bo'lmasa, oldingi ikki birodaridir. Birodarlari bo'lmasa, ikki farzandi yoki mehribon ikki do'stidir. Qoziq tishlar tush ko'rgan kishining ammakivachchalari yoki yaqin do'stlaridir. Qoziq tishlarning yonidagi tish tush ko'rgan kishining oilasida hammaning ishonchini qozongan boshlig'i yoki uning do'stidir. Oldingi oziq tishlar tog'a va tog'avachchalar yoki nasihat berishga ularning o'rniga o'tadiganlardir. Orqa oziq tishlar tush ko'rgan kishining bobolari va faxrlansa arziydigan o'g'illaridir. Pastda joylashgan oldingi ikki tish ona va ammadir. O'ng tomondagisi ona, chap tomondagisi ammadir. Agar tush ko'rgan kishining onasi yoki ammasi bo'lmasa, u tishlar uning singlisi yoki singillarining qizlaridir. Ulardan keyingi o'tkir tishlar tush ko'rgan kishi oilasining kattasi va hamma tomonidan hurmat qilinadigan xo'jayini yoki uning o'rnini bosuvchi kishi hisoblanadi. Pastki jag'da joylashgan oziq tishlar tush egasining xolasi yoki tog'asining qizidir. Orqa oziq tishlar tush ko'rgan kishining uzoq qarindoshlardir.
|