Tushda qo'y-qo'zi ko'rish kuch-quvvat, halol mol, farzand, hurmatli zot, najot, g'alaba, shifo, maqsadga erishishiga tabir qilinadi Qo'chqor obro'li, kuchli insonga ishoradir. Tushida qo'chqori borligini ko'rgan kishi hurmatga sazovor bo'ladi. Qo'chqor olish uchun savdolashganini ko'rgan kishiga hurmatli inson muhtoj bo'ladi. Qo'chqorning o'lganini ko'rish mantiqli zotning vafotiga, uning so'yilganini ko'rish shunday kishining o'ldirilishiga ishoradir. Go'shtidan yeyilsa, molning tarqatilishidan darak bo'ladi. Go'shtining pishirilgan va undan yeyilganini ko'rgan kishi yaqin odamidan ayriladi, motamda qoladi. Qo'y itoatkor xotin va oson erishiladigan halol rizqdir. Qo'zichoq esa o'g'ilning farzandi va murod hisoblanadi. Bulardagi hollar ularga nisbat berilib tabir qilinadi. Tushida qo'y ko'rgan, uni so'ygan kishi hammadan ustun bo'ladi. Qo'yning terisini shilib, go'shtini xomtalash qilgan kishining hurmati ortadi. Ammo boyligi qo'ldan ketadi. Qo'chqorlarga ega chiqqanini ko'rgan kishi mas'ul lavozimni egallaydi. Qo'chqorning terisini shilgan kishi boyiydi. Qo'y boqqanini ko'rgan kishi katta boylikka ega bo'ladi. Qo'yni so'yib go'shtidan yegan kishi maqsadiga yetadi. Qo'zichoq va uloq ko'rish farzand va foydali ishga ishoradir. Qo'y go'shti yeyish xafagarchilikdan darak beradi. Qo'y go'shtini chaynab turgan kishi taniqli zot bilan tanishadi. Qo'yning kallasini yegan kishining umri uzoq, kelajagi porloq bo'ladi. Go'shtni yeyishni istamagan holda qo'yni so'yganini ko'rgan kishi bir qizga uylanadi. Uyidan qo'y chiqqanini yoki o'g'irlanganini ko'rgan kishi turmush o'rtog'idan ayriladi. Qo'ynng qo'zilashi mo'l-ko'lchilik, farovon hayotga ishoradir.
|