• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Aprel » 27 » Turkmaniston Ukrainaga gumanitar yordam yubormoqda
20:55
Turkmaniston Ukrainaga gumanitar yordam yubormoqda

Turkmaniston aprel oyida Ukrainaga gumanitar yordam jo‘natadi. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Turkmaniston turkman xalqining insonparvarlik an’analaridan kelib chiqib, joriy yilning aprel oyida Ukraina xalqiga insonparvarlik yordamini jo‘natadi”, — deyilgan vazirlik bayonotida.

Gumanitar yuklar orasida dori vositalari va respublika tibbiyot sanoatining boshqa mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari bor, deyiladi TIV xabarida.

Turkmaniston hukumati Ukrainadagi jangovar harakatlar mavzusida o‘ta ehtiyotkor. Bu mavzuga rasmiy fikr bildirilmagan. Vazirlik xabarida ham yordam nima munosabati bilan yuborilayotgani aytilmagan.

Turkmaniston va Ukraina o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yilning oktabrida o‘rnatilgan.

Aprel boshida O‘zbekiston Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yuborgan edi. Ukrainaning Karpatorti viloyatiga O‘zbekistondan dori-darmon, individual dori qutilari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, jami 400 ming donadan ortiq bo‘lgan 21 ta pozitsiyadagi mahsulot yetkazib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukraina atrofida bo‘layotgan mojaro yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasini aytgandi. "O‘zbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk mustaqilligini tan olmaymiz”, — deya ta’kidlagan TIV rahbari.
Категория: Har-Hil | Просмотров:950 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930