• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 686
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Aprel » 20 » Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakat koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Xitoy va Erondan o‘zib ketdi
15:36
Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakat koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Xitoy va Erondan o‘zib ketdi

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat Turkiyada juda qaltis tus olib bormoqda. Mamlakatda ushbu xastalikka chalinganlar 86 306 nafarni tashkil etmoqda. Kecha, 19 aprel kuni Turkiya bo‘ylab 3977 ta yangi holat aniqlangan. 127 kishi vafot etgan. Bugungacha vafot etganlar esa 2017 nafarni tashkil etmoqda. 

Turkiya kasallik tarqalish borasida Eron va Xitoydan ham o‘tib ketib, dunyo miyoqsidagi eng abgor holatdagi mamlakatlar ro‘yxatidan yettinchi o‘rinni egallamoqda. Ro‘yxatni AQSH boshlab berayotgan bo‘lsa, qolgan besh o‘rin Yevropa mamlakatlariga tegishli bo‘lib qolmoqda.

Turkiyada koronavirusga chalingan birinchi bemor joriy yilning 10 mart kuni aniqlangan edi. Bugungacha mamlakatda 634 ming kishi ushbu kasallik uchun test topshirgan. Ayni vaqtda xastalikdan sog‘ayganlar 11 976 nafarni tashkil etmoqda. 

Mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi choralar kech bo‘lsa-da kun sayin kuchaytirilmoqda. Shanba va yakshanba kunlari ko‘plab viloyatlarda komendantlik soati e’lon qilindi. Ish kunlari faqat it bilan sayr qilish, dorixona yoki oziq-ovqat do‘koniga borish uchun uydan chiqish mumkin.

Hozir Turkiyadagi 30 ta yirik shaharlarga kirish va chiqish taqiqlangan. Xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Navbatdagi turistik mavsumning ochilishi noma’lum muddatga qoldirildi. 

Mamlakatning eng yirik va aholi zich joylashgan shaharlaridan biri Istanbuldagi eski aeroport – Mustafo Kamol Otaturk nomidagi sobiq Istanbul xalqaro aeroport o‘rnida yangi shifoxona barpo etilishi kutilmoqda. 

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda mamlakatdagi tibbiyot muassasalarida infeksiyaga chalinganlar uchun joylar yetarli.

Ikki hafta avval, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qaroriga binoan mamlakatda fuqarolarga haftasiga 5 donadon bepul niqob tarqatilishi boshlandi. Niqob savdosiga nuqta qo‘yildi va niqob sotilishi bilan bog‘liq holatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi aytildi.

10 aprel kuni soat 22:00 da Turkiyaning 31 viloyatida, jumladan Istanbul va Anqara kabi asosiy shaharlarda ham aholining ko‘chaga chiqishi taqiqlandi va komendantlik soati e’lon qilinishi aytildi. Kutilmagan ushbu bayonotdan so‘ng, yarim tun bo‘lishiga qaramay,  aholi o‘zini urdi. 

Bozorlar va do‘konlarda odamlar har qachongidan to‘lib toshdi. Non do‘konlari atrofida oxiri yo‘q navbatlar paydo bo‘ldi. Avtomobillar harakatlanishi keskin ortib ketdi.

Hatto, ba’zi joylarda odamlar o‘rtasida nizo kelib chiqib, bu yoqalashishgacha yetib bordi. Vaziyat bu ko‘rinishda davom etgach, aholiga suv va non yetkazib berish xizmatlari yopilmasligi, ular faoliyatini davom ettishi aytildi. Lekin, kech bo‘lgandi. Odamlar ro‘zg‘or g‘amida karantinni unutdi, niqoblarni taqish bilan bog‘liq talabga ham, masofa saqlash to‘g‘risidagi qoidaga ham amal qilmadi. Bu esa oradan ikki kun o‘tib o‘z natijasini ko‘rsatdi. Mamlakatda kasallanganlar soni keskin ko‘paydi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirusga chalingan bemorlardan biri O‘zbekiston fuqarosi. O‘zbekistonda esa Turkiyadan qaytgan 45 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:608 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь