• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1892
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
Главная » 2018 » Iyun » 12 » Turkiyada o‘ynayotgan o‘zbek futbolchisi Vatanga qaytishni istaydimi?
14:47
Turkiyada o‘ynayotgan o‘zbek futbolchisi Vatanga qaytishni istaydimi?

O‘zbekistonlik futbolchi Asror G‘ofurov joriy mavsum Turkiya 4-divizionida chempionlikka erishdi. "InterFutbol” nashri xodimlari Asror G‘ofurovdan intervyu olib, uni biz bilan baham ko‘rdilar.
 
- Asror aka, avvalambor, chempionlik bilan tabriklaymiz.
 
- E'tibor va tabrik uchun rahmat.
 
- Barcha uchun qiziq, Turkiya chempionatiga qanday borib qoldingiz?
 
- Aslida, "Paxtakor” tarbiyalanuvchisiman. 2006-2013 yillar mobaynida shu klub yoshlari bilan 2 va 1-ligalarda o‘ynaganman. 2013-yilda shartnomam tugagach, Turkiya safarim boshlangan.
 
- "Paxtakor” yangi shartnoma taklif qilmaganmi?
 
- Taklif bo‘lgan, lekin faoliyatimni Yevropada davom ettirishni xohlaganman.


 
- Futboldagi birinchi ustozingiz kim?
 
- Shuhrat Rahmonqulov. Ushbu mutaxassisdan 7-8 yil futbol sirlarini o‘rganganman. Albatta, futbolga birinchi qadam tashlashingizda, dastlabki murabbiyingiz asosiy rolni o‘ynaydi.
 
- Turkiya chempionatiga agentlar orqali bordingizmi yoki...
 
- Albatta, "Paxtakor”da o‘ynab yurgan vaqtlarim agentlar tufayli chetdan takliflar tushgan.
 
- Hozirda "Paxtakor”ning o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?
 
- Ha, kuzatyapman. Qolaversa, jamoa ustozi Shota Arveladze menga notanish emas. U Turkiya chempionatida katta iz qoldirgan futbolchi va murabbiy.
 
- Jamoadagilar bilan haligacha aloqangiz saqlanib qolganmi?
 
- "Paxtakor” yoshlar jamoasida Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov va Vladimir Kozak bilan birga to‘p so‘rganman, ular bilan doimo aloqadaman.
 
- Turkiya futbolini kamsitmagan holda keyingi savolga o‘tamiz. Ushbu mamlakat quyi divizionlarida o‘ynagandan ko‘ra, "Paxtakor”da qolganingiz afzal emasmidi?
 
- Bilasizmi, Turkiyaga kelganimda, dastlab ushbu mamlakat Superligasi vakili, mashhur "Beshiktosh” tarbiyalanuvchilari safiga qo‘shilganman. Keyin esa 1-divizionda qatnashuvchi "Manisaspor” jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaganman. Mavsum oxiriga borib jamoam 2-ligaga tushib ketgan. Ammo Turkiya 2 va 3-divizionida legionerlar o‘ynashi taqiqlangani sababli yana jamoamni o‘zgartirishga majbur bo‘lganman.


 
- Demak, jamoangiz 3-divizionga chiqqanini inobatga olsak, faoliyatingizda yana o‘zgarishlar kuzatilarkan-da?
 
- Xuddi shunday.
 
- O‘zbekiston jamoalaridan takliflar bo‘lib turibdimi? Vatanga qaytishga nima deysiz?
 
- Yuq, hozir mamlakatimizdan hech qanday takliflar bo‘lmadi. Bir kun kelib qaytaman, lekin hozir emas. Endi 23 yoshdaman.
 
- Turkiya chempionati o‘z muxlislari bilan ham maqtanishi mumkin. Ushbu birinchilikda sizni lol qoldirgan narsa nima?
 
- Darhaqiqat, futbol muxlislar bilan yanada go‘zal. Biz tomoshabinlarni stadionga jalb qila olyapmizmi, demak to‘g‘ri yo‘ldamiz. Turkiyada futbolchilarga ajoyib sharoitlar yaratilgan. Xususan, jamoam 4-divizionda to‘p surdi, lekin bizda mashg‘ulot o‘tkazish uchun 3ta stadion va yashash uchun alohida baza bor.
 
- Aksariyat legionerlarimiz bilan suhbatlashganimizda, o‘zbek palovini sog‘inishganini aytishadi...
 
- Albatta, men ham nafaqat oshni, balki o‘zim tug‘ilib-o‘sgan yurtdagi barcha narsani sog‘indim.
 
- Jamoangizda legioner futbolchilarga munosabat qanday?
 
- Uch nafar legioner to‘p suramiz. Tabiiyki, mahalliy muxlislar xorijlik futbolchilardan yanada ko‘prog‘ini kutishadi.
 
- Demak, faoliyatingizni Turkiya chempionatida  davom ettirasizmi?
 
- Kelasi mavsumni ushbu birinchilikda boshlasam kerak. O‘z navbatida, boshqa chempionatlarda omadimni sinab ko‘rish niyatim ham yo‘q emas.
 
- Hozirdanoq takliflar tushishni boshlagandir?
 
- Albatta, takliflar bor, agentim bilan gaplashib, bir qarorga kelamiz.
 
- Superliga o‘yinlarini kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, bu yil bizning chempionat saviyasi ham ancha oshdi. Xo‘sh, sizningcha, chempionlikka qaysi klub asosiy da'vogar?
 
- "Bunyodkor”. Chunki jamoa yoshlardan tashkil topgan, ularda ishtiyoq yuqori.
 
- Superligadagi hozirda eng kuchli murabbiy kim?
 
- No‘'mon Hasanov, Mirjalol Qosimov va Ilhom Mo‘minjonov.
 
- Faoliyatingizdagi eng muhim o‘yin?
 
- Turkiya kubogi doirasida kechgan "Galatasaroy”ga qarshi bahs.
 
- Eng katta orzuingiz?
 
- O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatida ko‘rish.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1291 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930