• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Avgust » 23 » Turkiyada o‘rmon yong‘ini davom etmoqda
23:03
Turkiyada o‘rmon yong‘ini davom etmoqda

Turkiya g‘arbida, Dardanel bo‘g‘ozi yaqinidagi Chanoqqal’a viloyatida 1,5 ming gektar maydonni egallagan yirik tabiiy yong‘inni o‘chirishga 2,7 mingga yaqin odam jalb qilindi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

"Chanaqqal’adagi tabiiy yong‘inni o‘chirish ishlari to‘xtovsiz davom etmoqda, ularga Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari, munitsipalitetlar va maxsus bo‘linmalar jalb qilingan. Yong‘inni o‘chirish uchun 2659 kishi, 8 samolyot, 26 vertolyot, qariyb 640 yer texnikasi ishlamoqda. Viloyatdagi 9 ta qishloqdagi 337 ta xonadondan 1251 kishi profilaktika maqsadida evakuatsiya qilindi. Shuningdek, Sarijaeli qishlog‘idagi qariyalar uyidan 72 kishi evakuatsiya qilindi”, deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmog‘ida.

Shuningdek, u yong‘in aviatsiyasi tomonidan olovni o‘chirishni ta’minlash uchun Dardanel bo‘g‘ozida navigatsiyani vaqtincha to‘sib qo‘yganini bildirgan. 

Chanoqqal’adagi yong‘in kecha, 22 avgust kuni tushdan keyin boshlangan va kuchli shamol ta’sirida aholi punktlariga yaqinlashib, katta maydonni qamrab olgan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan, rasmiylar unga inson omili sabab bo‘lganini istisno qilmayapti. 

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 23 avgust kuni Chanoqqal’a viloyatida havo harorati 30 darajadan oshgan va tezligi soatiga 30 dan 60 kmgacha bo‘lgan shamol bilan birga kelgan. Bu yong‘inning tarqalishiga yordam bergan va uni o‘chirishni qiyinlashtirgan.      

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Turkiyaning Mug‘la viloyatidagi o‘rmon yong‘ini avj olgandi. Yong‘inni o‘chirishda Mug‘la viloyati o‘rmon xo‘jaligi hududiy boshqarmasi tarkibiga kiruvchi to‘qqiz vertolyot va shuncha samolyot ishtirok etgan. Yerda esa 300 dan ortiq kishi va 60 dan ortiq texnika yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan. Yarim soat ichida yong‘in oqibatida 37 gektarga yaqin o‘rmon maydoni yonib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:142 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031