• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 1 » Turkiya rejasi – 50 million sayyoh, 50 milliard dollar
20:15
Turkiya rejasi – 50 million sayyoh, 50 milliard dollar

O‘zAda jurnalist Sharofiddin To‘laganovning Turkiyadagi sayyohlik salohiyati haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘laligicha e’tiboringizga havola etiladi.

2017-yilda Turkiyaning sayyohlik sohasidagi daromadlari 26,28 milliard dollardan oshdi. Jahonda esa Turkiya sayyohlarni jalb etish bo‘yicha Fransiya, AQSh, Ispaniya, Xitoy va Italiyadan keyin oltinchi o‘rinda bormoqda. Ammo mazkur ko‘rsatkich mamlakat rahbariyatini qoniqtirmayapti. Hukumat rejasiga ko‘ra, Turkiya yaqin muddatda bu borada sayyoramizning uchinchi davlati bo‘lishi lozim.

Turkiya jahon turizm bozoridagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. O‘tgan yili mamlakatga jami 38,62 million kishi tashrif buyurgan, shularning 32,79 millioni chet ellik, 6,55 million – xorijda yashovchi turkiyaliklardir.

Mamlakat turizm sohasi vakillari bilan uchrashgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on so‘nggi 14 yilda Turkiyaga kelayotgan sayyohlar soni 12-13 milliondan 40 millionga, ushbu sohadan olinayotgan daromad 12,5 milliard dollardan 31,5 milliard dollarga yetganini qayd etgan.

Turkiya yetakchisiga ko‘ra, hozirgi natija bilan cheklanib qolish mumkin emas, balki sayyohlar sonini yana 8 millionga ko‘paytirish lozim. Turkiya rasmiylari turizm bo‘yicha mamlakatning hali foydalanilmagan imkoniyatlari ko‘pligini ta’kidlaydi. Qayd etilishicha, endilikda mavjud bozorni yanada kengaytirish, xususan, mamlakatga Yaqin Sharq davlatlari sayyohlarini ko‘proq jalb etish choralari ko‘riladi. Qolaversa, turizm sohasi vakillariga ko‘mak dasturi davom ettiriladi. Bularning bari salkam 2 million kishi ish bilan band bo‘lgan sohani taraqqiy ettirishga qaratilgan.

Turizm Turkiya iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan. Bu tarmoq so‘nggi o‘n yilliklarda ancha taraqqiy topib, ayni damda salkam ikki million kishini (510 ming kishi bevosta, 1,5 million kishi esa bilvosita) ish bilan ta’minlagan.

Turkiya bu soha rivoji yo‘lida barcha imkoniyat va sharoitlarga ega – mamlakatning 355ta plyaji bor 7200 kilometrlik sohillarini to‘rtta (O‘rta Yer, Egey, Marmara va Qora) dengiz suvlari yuvib turadi.

Turkiyada 700 ming o‘ringa ega 2870 ta mehmonxona sayyohlarga xizmat qiladi.

Ma’danli suvlari bo‘yicha Turkiya Yevropada ikkinchi, jahonda yettinchi o‘rinda turadi.

Turkiyada diqqatga sazovor joylar (qadimgi yunon, qadimgi Rim shaharlarining vayronalari, Vizantiya va Usmonli xalifalik yodgorliklari) juda ko‘p. Ichki transport tarmog‘ining rivojlangani mamlakatning har qanday nuqtasiga bir zumda yetib olish imkoniyatini yaratgan.

Sayohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mintaqalar quyidagilar:

Istanbul – bu yerda islom va Vizantiya yodgorliklari ko‘p.

Kappadokiya – bu yerda vulqon tufayli paydo bo‘lgan noodatiy ko‘rinishlar va g‘or shaharchalari bor.

Euromonitor International ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi sayyohlar tashrif buyuradigan 100 ta shahar orasida Antaliya 10-o‘rinni egalladi

Antaliya –Turkiyadagi sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahar hisoblanadi. Turkiyaga kelayotgan sayyohlarning 34 foizi aynan mana shu shaharga kelishadi.



Antaliya – Turkiya janubidagi kurort va port shahri, Antaliya viloyatining ma’muriy markazi. Shaharda bir millionga yaqin muqim aholi istiqomat qiladi, ammo yoz oylarida sayyohlar oqimi ko‘payishi munosabati bilan aholi soni 2 milliondan oshib ketadi. Antaliya shartli ravishda ikkiga – yangi va eski shaharga bo‘lingan, ammo ma’muriy jihatdan beshta – Oqsu, Dyoshemealti, Kepez, Konyaalti, Muratposhsho tumanlaridan tashkil topgan. Antaliyaning qadimiy davrlardan beri mavjudligi tarixdan ma’lum. Viloyat hududlarida ibtidoiy odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Tosh va bronza asrlariga oid yodgorliklar saqlanib qolingan. Asrlar davomida gullab yashnagan Antaliya mintaqasi VIII asrda yuz bergan kuchli zilzila, dengiz qaroqchilarining muntazam bosqinchiliklari oqibatida tanazulga yuz tutdi. Saljuquylarning kirib kelishi bilan Antaliya XI asrdan boshlab oyoqqa turdi. O‘sha davrdan boshlab mintaqaga islom dini yoyila boshlandi.

1118-yilda Antaliya Vizantiya imperiyasining anklaviga aylandi. Chunki shahar Vizantiyadan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, bu yerga faqat dengiz orqaligina kelish mumkin edi. 1119-yilda Antaliya Vizantiyaga qo‘shib olinadi. 1207 yilda esa saljuqiylar uzil-kesil mintaqa ustidan hukmronlikni o‘rnatadi va grekcha Attaliya nom Adaliya sifatida ishlatila boshlandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay mahalliy aholi isyon ko‘tardi. Shahar ikkinchi bor turklar tomonidan 1216-yilda egallab olinadi.

1321–1423-yillarda Adaliya mustaqil Teke bekligining markazi bo‘ldi. 1423-yilda beklik Usmon xalifaligi tomonidan egallab olindi. Ayni o‘sha davrdan beri shahar Antaliya, deb atala boshlangan.

Bu nomning Anatoliya mintaqasiga mutloqo aloqasi yo‘q. Usmoniy xalifalik davrida Antaliya dengiz savdo porti sifatida muhim rol o‘ynagan, mahalliy bozor mintaqadagi eng yirik savdo markazi edi. Aynan shu shahardan boshqa shaharlarga kemalar yo‘lga chiqardi.

Birinchi jahon urushidan keyin 1919–1921-yillarda Antaliya Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi milliy-ozodlik harakatining markaziga aylandi. Buning natijasi o‘laroq Antaliya Turkiya Jumhuriyati tarkibiga kirdi. XX asr davomida muntazam rivojlana bordi va bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi, teri sanoati, dengiz transporti va logistika taraqqiy etgan shaharga aylandi.

O‘tgan asrning so‘nggida Turkiya turizm sanoatining keng qirralari ochilishi sababli Antaliya mamlakatning muhim sayyohlik markazlaridan biriga aylandi. Zamonaviy Antaliya – yirik taraqqiy etgan shahar bo‘lib iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, turizm, savdo va yengil sanoat muhim o‘rin tutadi.

2010-yildan boshlab sayr yaxtalari ishlab chiqarishga katta ahamiyat qaratila boshlandi.

Tan olinishicha, shahar dengiz sohillarida joylashganiga qaramay baliqchilikka katta ahamiyat berilmaydi. Savdo va turizm bir-biriga bog‘liq sifatida ko‘riladi. Chunki sayyohlar oqimi ko‘paygan sari savdo ham rivojlana boradi. Savdo rivojlansa sayyohar ko‘payadi.

Shahar va shahar atrofida mehmonxona va otellarning son-sanog‘i yo‘q.

Shahardan 35 kilometr janubda qadimiy Aspendos shahrining qoldiqlari bor. Eramizdan avvalgi 333-yilda shahar Aleksandr Makedonskiy qo‘liga o‘tadi. Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda shaharni Rim imperiyasi qo‘lga kiritadi. Iqlim va joylashuvi sababli bu shahar yirik savdo markaziga aylandi. Ayni damda Aspendosda rimliklar teatri yaxshi saqlanib qolingan.

Turkiya janubiy sohillarida esa dengiz kurortlari juda ham ko‘p. Shuningdek, antik madaniyat, qadimiy rim va qadimiy grek shaharlarining qoldiqlarini ko‘rish niyatida keluvchilar soni ham ortib bormoqda. Turizm sohasiga to‘siq bo‘ladigan har qanday ko‘rinishlarga qarshi hukumat keskin choralar ko‘rib keladi. Bundan ko‘zlangan birdan bir maqsad sayohlik biznesi bo‘yicha jahonda beshinchi o‘ringa chiqishdan iborat.Sayyohlik sanoati o‘z oldiga 2023-yilga borib mamlakatga har yili o‘rtacha 50 million sayyoh kelishini ta’minlash yo‘lida ish olib bormoqda. Bu degani xazinaga o‘rtacha 50 milliard AQSh dollari tushishini ta’minlaydi. Ayni damda sayyohlikni rivojlantirish yo‘lida 281 loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1261 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь