• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 5 » Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirdi
14:20
Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirdi
AQSh agar Eronga taklifni qabul qilsa, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. "TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Donald Tramp 4-mart kuni namoyish etilgan Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Unda Tramp AQSh koronavirusga qarshi kurashishni juda yaxshi eplashini, bu borada yaxshi jamoa tuzilgani, vitse-prezident Mayk Pens o‘z ishini yaxshi bajarayotganini aytgan. "Men uni bu jamoaga bosh qilib qo‘ydim. Bizda dunyodagi eng yaxshi shifokorlar bor”, - degan Tramp.

Shuningdek, AQSh koronavirusga qarshi kurashishda boshqa ko‘plab davlatlarga yordam berayotganini ta’kidlagan. Agar Eron rozi bo‘lsa, ularga ham yordam berishini bildirib, "Ular juda jiddiy jabrlandi”, deb aytgan.

AQSh avval ham koronavirusga qarshi kurashda Eron hukumatiga yordam taklif qilgan, Tehron esa Vashingtonning bu yordamini rad etib, uni targ‘ibot ishi deb hisoblagandi. Shundan so‘ng Eron epidemiyaga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘radi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 2300 kishidan oshdi. Virus sababli Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida juma namozlari rasman bekor qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yuborgani, Xitoy esa koronavirusga qarshi kurashishda Janubiy Koreyaga gumanitar yordam yubormoqchi ekanligi xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:488 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031