• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Tramp ishchi vizasiga nisbatan cheklovlar o‘rnatilishi mumkinligini tasdiqladi
09:51
Tramp ishchi vizasiga nisbatan cheklovlar o‘rnatilishi mumkinligini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijlik ishchilarning vizalari bo‘yicha yaqin vaqt ichida cheklovlar qo‘llanishi mumkinligini tasdiqladi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bergan.

Avvalroq CNBC telekanali AQSh hukumatidagi manbalariga tayanib, Tramp administratsiyasi vaqtinchalik ishchi vizalarining berilishini to‘xtatishni ko‘rib chiqayotganini xabar qilgandi. Telekanal xabariga ko‘ra, bu boradagi farmon madaniyat va ilmiy dasturlar doirasidagi ishtirokchilarga yangi viza berish, jumladan, J-1’ga taalluqli bo‘lishi mumkin. U avval berilgan ushbu turdagi vizalarga ta’sir qilmaydi. Ayrim kompaniyalarga esa bu borada istisno qilishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

"O‘zimizda ham ish izlayotganlar yetarlicha. Vizalar borasidagi hujjat loyihasini ertaga yoki indinga e’lon qilamiz. Menimcha, bu qaror AQShdagi ko‘plab odamlarni xursand qiladi. Bu eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lishi mumkin”, – degan Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.

Jurnalistlarning tafsilotlar borasida bergan savoliga AQSh yetakchisi amerikaliklarning mazkur hujjatning qabul qilinishidan mamnun bo‘lishini aytish bilan cheklangan.

Avval aprel oyida Trampning AQShga ishchi vizasi bilan borishni taqiqlamoqchi ekani, avvaldan mamlakatda mazkur viza bilan ishlaganlar o‘z o‘rniga munosibligini isbotlashi lozimligi xabar qilingandi.

Bundan tashqari, aprel oxirida Tramp koronavirus pandemiyasi sharoitida ish o‘rinlarining tanqisligi tufayli AQShga xorijdan immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish haqida farmonni imzolagan. AQSh prezidentining aytishicha mazkur cheklov Green Card yutishni maqsad qilganlarga taalluqli. Tramp immigratsiyani ikki oyga vaqtincha to‘xtatishi, muddat tugagach farmon uzaytirilishi yoki taqiq bekor qilinishi aytilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:418 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь