• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 28 » Tramp GM'ni qattiq tanqid qildi
19:46
Tramp GM'ni qattiq tanqid qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 27 mart kuni Amerikaning General Motors (GM) kompaniyasini qattiq tanqid qildi. Prezidentning aytishicha, kompaniya koronavirus tarqalish fonida juda zarur bo‘lgan kislorod ventilyatorlarini ishlab chiqarishda orqada qolyapti.

"Ular bizga juda zarur bo‘lgan 40 000 ta kislorod ventilyatorni "juda tez" tayyorlab berishni ma’lum qilgandi. Endi esa ushbu mahsulotdan aprel 
oyi oxirigacha atigi 6000 ta ishlab chiqarishni aytishmoqda. Yana bular maksimal darajada ko‘p pul olishni istashadi", deydi Tramp "Twitter" sahifasida. 

Shuningdek, Prezident kompaniyaning bosh direktori Meri Barraga ishlab chiqarishni o‘z qo‘liga olishni aytib tahdid qildi. Ya’ni, AQSHda ushbu imkoniyatni beradigan Mudofaa sanoati to‘g‘risidagi qonun bo‘lib, unga ko‘ra, favqulodda holatlarda Prezidentga kompaniyalarning qanday mahsulot ishlab chiqarishni belgilash huquqi beriladi.

Mudofaa sanoati to‘g‘risidagi qonun 1950 yilda qabul qilingan. Qonun, dastlab, Koreya urushi boshlangan paytda imzolangan. Tramp uni joriy yilning 25 mart kuni qayta faollashtirdi.

Trampning ta’kidlashicha, GM darhol "ahmoqona tarzda to‘xtatib qo‘ygan" Ogayo shtatidagi Lordstaun zavodini yoki boshqa zavodni ishga tushirishi kerak va hoziroq kislorod ventilyatorlarini ishlab chiqarishni boshlashi lozim.

Shuningdek, u "Ford" kompaniyasiga ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni buyurdi.

"FORD, VENTILYATORLARNI ISHLAB CHIQARISHNI BOSHLA, TEZROQ!!!" deb yozgan Tramp.

Hozirda ushbu tibbiy asbob-uskunalar juda muhimdir. Chunki koronavirus odamning nafas olish yo‘llarini yallig‘lantirib, pnevmoniya hosil qiladi. 

Ushbu jarayonda odamning nafas olishi qiyinlashadi. Bu o‘limga ham olib kelishi mumkin. Kislorod ventilyatori esa o‘pkaga havoni mexanik ravishda kiritib chiqaradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 104 837 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 711 nafari vafot etgan, 894 nafari esa sog‘ayib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:566 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031