• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Toshkentdagi uylar devorida giyohvand moddalar reklamasi yozuvlarini qoldirish bilan shug‘ullangan ayol javobgarlikka tortildi
22:23
Toshkentdagi uylar devorida giyohvand moddalar reklamasi yozuvlarini qoldirish bilan shug‘ullangan ayol javobgarlikka tortildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ko‘p qavatli uylar devorida giyohvand moddalar reklamasi yozuvlarini qoldirish bilan shug‘ullangan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro K.Z.ning ma’muriy javobgarlik haqidagi ishi ko‘rib chiqilgan. Aniqlanishicha, K.Z. internetdan pul evaziga "rasm chizish” haqidagi e’lonni topib, tumanning 23-mavze "Farhod” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning devoriga giyohvand moddalarni tatbiq qiluvchi internet saytlarining reklamasi yozuvlarini chizgan.

Profilaktika inspektorlari fuqaroga bu ishlarni qilmasligi va yozuvlarni o‘chirib tashlashi bo‘yicha oldin ogohlantirish berganiga qaramay, K.Z. o‘z faoliyatini davom ettirib kelgan.

Shu sababli ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborilgan.

Sudda fuqaro K.Z. ichki ishlar xodimining talabini bajarmagani sababli aybdor deb topilgan va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan BHMning 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda giyohvand moddalar to‘g‘risida reklama vaqti-vaqti bilan Toshkentning turli tumanlarida paydo bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Toshkentdagi uylar devorida giyohvand moddalar reklamasi yozuvlarini qoldirish bilan shug‘ullangan ikki yigit 6-aprel kuni ushlangan, internetda giyohvand moddalar reklamasi joylashtirilgan 50 dan ortiq resurs o‘chirilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:309 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031