• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 27 » Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjididagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi
16:44
Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjididagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi "Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Is’hoqjon domla Begmatov bilan bog‘liq turli gap-so‘zlar tarqaldi. Tarmoqda tarqalgan videoda aytilishicha, imom masjiddagi namozxonlardan biriga hammaning oldida "bemazhab vahobiylarning bitta namoyondasi” deb tanbeh bergan.
Ziddiyatli tortishuvga imomning O‘zbekiston masjidlarida farz namozidan keyin sunnat namozini ham shu joyda o‘qilishi haqidagi gapi sabab bo‘lgan.

"Xohlasangiz ustimdan shikoyat qilishingiz mumkin ‘Namozni o‘qimasdan amru ma’ruf qilyapti’ deb. Shunaqa buyruq bor. Bu buyruq allaqachon kelib bo‘lgan. Bu o‘rinda ixtilof chiqaraman degan odamning o‘ziga zarar bo‘ladi… Marhamat, uyingizga kiringda xohlasangiz ‘Amin’ deb baqirib butun ‘podyezd’ni ko‘tarvoring. Lekin masjidga chiqqanda bu yerda qanaqa hukm borligini bilasiz”, — degan Is’hoqjon domla Begmatov.

Shuningdek, imom bekorga masjidning har burchagiga kuzatuv kamerasi qo‘yilmagani, kim qanday namoz o‘qiyotgani, nima gap gapirayotgani, qanday kirib chiqayotgani — hammasi kuzatuv ostida ekanligini bildirgan.
i
Internet foydalanuvchilari tomonidan imom-domlaning aytgan gaplarini turlicha talqin qilish holatlari kuzatilayotgani sababli Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ushbu masala bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida quyidagi ikki jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz:

Birinchidan, bugungi kunda masjidlarda ibodat masalasida turli tushunmovchilik keltirib chiqarayotganlar uchramoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali odamlarni mazhabsizlikka chaqirayotganlar ham kuzatilmoqda.

Aslida Is’hoqjon domla ahli ilmlar va yurtimizdagi boshqa imom-xatiblar diyorimizda azaldan meros bo‘lib kelayotgan, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bir nechta sunnatlarning yo‘q bo‘lib ketishiga qarshi kurashmoqdalar. Namozdan keyingi zikr va duolar, Qur’oni karim tilovatini eshitish, namozxonlar oldini kesib o‘tmaslik va hokazolar shular jumlasidandir. Afsuski, bugun ushbularni bajarish o‘rniga eshikka qarab oshiqayotganlar ham yo‘q emas.

Imom-domlaning maqsadi ham bir masjidda, bir safda turib namoz o‘qiyotganlar orqasida tafriqa kelib chiqmasligini oldini olish bo‘lib, jamoatni bizning diyorimizda mavjud bo‘lgan ananaviy hanafiy mazhabiga ergashishga chaqirmoqda va aholini birlikka chorlamoqda, bu tahsinga loyiq.

Ikkinchidan, imom-domlaning go‘yoki masjidlarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari namozxonlarni nazorat qilib turgani haqidagi gaplari esa mutlaqo asossiz hisoblanadi.

Ma’lumki, butun dunyo miqyosida kuzatuv kameralari odamlar va muayyan obyektlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. Misol uchun, Makka va Madina shaharlaridagi "Masjidul haram” va "Masjidun Nabaviy”da ham kuzatuv kameralari ziyoratchilar va muqaddas joylarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 soat davomida ishlab turadi.

Shunday ekan, yurtimiz masjidlaridagi kuzatuv kameralari ham aynan namozxonlar va masjidlar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘rnatilgan. Buni boshqacha talqin qilish – noto‘g‘ri tushunishdan boshqa narsa emas.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

Shuningdek, qo‘mita fuqarolardan mazkur holatni to‘g‘ri tushunishni, ijtimoiy tarmoqlardagi har xil asossiz va bo‘hton gap-so‘zlarga e’tibor qaratmaslikni so‘ragan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:546 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829