• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 6 » Toshkentda xorijiy tiktokerlar ishtirokidagi konsert jamoatchilik noroziligidan so‘ng bekor qilindi
19:27
Toshkentda xorijiy tiktokerlar ishtirokidagi konsert jamoatchilik noroziligidan so‘ng bekor qilindi

25-dekabr kuni Toshkentdagi Humo Arena kompleksida bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan TikTok Fest shou-konsert dasturi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Madaniyat vazirligi tanqidlarning vazirlikka qaratilgan qismiga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha O‘zbekiston prezidentining 6044-son farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish vakolatli bo‘lgan —Ichki ishlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda konsert-tomoshalarning saviyasi, mazmun-mohiyati, g‘oyasini tahlil qilish, tomosha bo‘yicha yakuniy xulosalar berish ham Mahalliy ijroiya hokimligi huzurida tashkil etilgan tuzilmaning vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, yuqoridagi kabi shou-konsert tomoshalarini tashkil etish Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

"Shu bois Madaniyat vazirligi Tik Tok Fest shou-konserti yuzasidan barcha savol va mulohazalarni yuqorida keltirib o‘tilgan vakolatli mutasaddi organlarga yo‘llashni tavsiya qiladi”, — deyiladi munosabatda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan har qanday madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shou-tomoshalar hamda konsert dasturlari o‘zbek xalqi milliy mentaliteti, axloqiy tarbiyasi, tarixan boy madaniyati, yoshlar dunyoqarashi bu kabi shou-dasturlarni aslo qabul qilmaydi. Madaniyat vazirligi TikTok Fest shou-konsertini ma’naviy jihatdan yoshlar ongiga, dunyoqarashiga salbiy ta’sir etadi, deb hisoblaydi.

"Zero bir necha ming yillardan buyon shakllanib, qon-qonimizga singib ketgan insoniy fazilatlar, odob-axloq me’yorlari ta’sirida paydo bo‘lgan tarbiyamiz ham buni rad etadi. O‘ylaymizki, bu kabi ommaviy tadbirlarni tashkil etayotgan mutasaddilar ana shu jihatlarni hisobga olib, bu masalaga jiddiy yondashadi”, — deya qayd etiladi munosabatda.

Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovning ma’lum qilishicha, Humo Arena’da rejalashtirilgan xorijiy tiktokerlar ishtirokidagi konsert o‘tkazilmaydi.

Uning yozishicha, Humo muz saroyida xorijiy tiktokerlar ishtirokida konsert bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar jamoatchilikning keskin noroziligiga uchragan.

"Mazkur vaziyat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordik va konsert bekor qilinganini ma’lum qilamiz. Humo Arena mas’ullarining ma’lumot berishicha aynan shu kuni saroyda boshqa tadbir o‘tkaziladi”, — deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil iyul oyi avvalida TikTok, Twitter, Skype, "VKontakte”ning O‘zbekistondagi faoliyati cheklangan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:315 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031