• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi
07:45
Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan qoraqalpog‘istonlik bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. ismli erkak 10-iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli karantin markaziga joylashtirilgan. 15-iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

19-iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.

Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli yetakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qoraqalpog‘istonlik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlangan 26-bemor bo‘ldi. Toshkentda kasallik oqibatida vafot etganlar soni 14 nafarga yetdi.

Ketma-ket uch kundan buyon SSV kuniga 2 nafardan o‘lim holati yuz berayotganini xabar qilmoqda.

Bungacha O‘zbekistonda 25 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);

28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;

7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;

11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;

14-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;

22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;

29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;

3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;

18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;

26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-
tomir yetishmovchiligidan;

31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;

3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;

6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);

28-iyun kuni Toshkentda A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);

28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.

29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan;

29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan

30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:383 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031