• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Avgust » 12 » Toshkentda o‘n kun ichida 16,5 mingga yaqin qoidabuzarlik holati qayd etildi — poytaxt IIBB
21:35
Toshkentda o‘n kun ichida 16,5 mingga yaqin qoidabuzarlik holati qayd etildi — poytaxt IIBB

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan 1—10-avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzarik aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlarning 5 888 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Jumladan:

transport vositalarini mast holda boshqarish — 91 ta;
transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish — 714 ta;
transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi — 379 ta;
svetofor talablariga rioya qilmaslik — 213 ta;
odam tashish qoidasini buzish — 511 ta;
quvib o‘tish qoidasini buzish — 197 ta;
avariya holatini yuzaga keltirish — 34 ta;
IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik — 50 ta.
Shu bilan birga, 3 599 nafar qoidabuzar piyodaga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur davr davomida 35 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog‘liq.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilgan.

Piyodalar bilan bog‘liq YTHlar

Iyul oxirlarida Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda avtobus urib yuborishidan vafot etgandi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Damas avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Iyun oyida bo‘lsa Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi "VAZ-2106” ("Jiguli”) bilan uch nafar bolani urib yuborgan va jabrlanuvchilardan biri vafot etgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:121 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031