• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 22 » Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 873 nafarga yetdi
17:32
Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 873 nafarga yetdi

Toshkent shahrida 25 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 22 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 12 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 10 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Surxondaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 1 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlar 1 nafardan Toshkent shahri, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan. Sog‘ayganlarning 1 nafari 52 yoshli erkak, 2 nafari 59 yoshli ayol va 10 yoshli qizaloq. Ulardan 2 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan, 1 nafar fuqaro esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 848 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 873 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun shu paytgacha 56 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2463 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3006 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:471 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь