• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 11 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda deb baholanmoqda
13:46
Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 11 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda deb baholanmoqda

O‘zbekistonda 26-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar soni 1865 nafarga yetgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 1144 nafar bemor yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda davolanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 117 bemorning 32 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 74 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

"Karantin tadbirlari davom etyapti. 92 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Davolash borasida ham ijobiy natijalar kuzatilyapti. Shu paytga qadar shifoxonalarga koronavirus kasalligi bilan yotqizilgan bemorlarning 707 nafari, ya’ni qariyb 38 foizi sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Hozirgi paytga kelib yana 1144 fuqaro yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda tegishli davolash diagnostika muolajalarini olyapti”, — deydi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 707 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:648 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь