• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 706
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 49
Гостей: 49
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 30 » Toshkentda dahshatli YTH natijasida Matiz portlab ketdi
08:48
Toshkentda dahshatli YTH natijasida Matiz portlab ketdi

Kecha, 29 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Soat 23:00 atrofida ro‘y bergan YTH haqida tahririyatimizga xabar kelib tushgach, "Nozim-Studio.com” muxbirlari voqea joyiga borishdi.

Yunusobod tumani hokimiyatining ro‘parasi, Amir Temur shoh ko‘chasida ro‘y bergan YTHda oq rangdagi Matiz avtomobili portlab ketgan. Kuchli zarb va yong‘in oqibatida avtomobil temir-tersakka aylangan, xolos. Bir qarashda uni mashina deyishga tiling bormaydi. Temir uyumidan nariroqda turgan "qahramon” - Captiva rusumidagi avtomobil esa YTHning asosiy sababchisi, deb taxmin qilinmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Matiz avtomobili Captiva’ning qarama-qarshisidagi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan va yo‘lning narigi tarafiga burilib olishga chog‘langan. Shu mahal katta tezlikda kelayotgan Captiva burilishga tayyorgarlik ko‘rib turgan Matiz’ga kelib o‘rilgan. Kuchli zarbdan kuzovining orqa qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketgan Matiz’ning old qismi ham tanib bo‘lmas holatga kelib, dvigateli nosoz bo‘lib qolgan. Bularning hammasi  soniyalar ichida ro‘y bergani uchun Matiz haydovchisi avtomobil dvigatelini o‘chirishga ulgurmagan. Avtomobil quvvatlagichidagi qisqa tutashuv yoqilg‘i nososigacha borgan va yong‘in kelib chiqqan. Voqyeaga guvoh bo‘lganlar esa amal-taqal xushsiz holatda o‘tirgan hayovchini tushirib olishga ulgurishgan. Bir necha soniyadan so‘ng quloqni qomatga keltiruvchi kuchli tovush eshitilgan, Matiz avtomobili portlab ketgan. 

Bu orada esa Captiva haydovchisi avtomobilining tormozini bosishga ulgurmagan chog‘i chamasi 30 metr nariroqda turgan Epica rusumidagi avtomobilni borib urgan. Oqibatda Epica trapnsport va piyodalar yo‘lini ajratib turgan to‘siqlarni buzib o‘tgan, kuzovning orqa qismi esa deyarli yo‘q bo‘lib ketgan.

YTH natijasida Captiva ham jiddiy zarar ko‘rgan. Epica’ni ham urib o‘tgan avtomobil oxir borib, yo‘l chetidagi daraxt bilan to‘qnashgan. Himoya yostiqchalari sabab Captiva haydovchisiga jiddiy zarar yetmagan.

Guvohlarning ma'lum qilishlaricha, voqea joyiga zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati, Yo‘l patrul xizmati, Tez yordam xodimlari yetib kelishgan. Matiz haydovchisi 7-son shahar klinik shifoxonasiga olib ketilgan. Uning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Qolgan haydovchilar esa voqea joyida qolgan.

Mudhish YTH sabab Amir Temur shoh ko‘chasining bir tomonlama qatnov qismi bir necha soatga yopib qo‘yildi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1835 | Добавил: Admin | Теги: Тошкентда даҳшатли ЙТҲ натижасида M | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь