• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 18 » Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi
18:41
Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi

17-mart, seshanba kuni, Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 62 785 dona, umumiy qiymati 123,8 million so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob savdoga qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro Azimjon Abdullayev (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) Qorasuv-2 mavzesidagi Doniyor berk ko‘chasida hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan tibbiy niqoblarni savdoga qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida mazkur fuqarodan umumiy qiymati 93,24 million so‘m bo‘lgan jami 48 960 dona bir martalik tibbiy niqob vaqtincha olib qo‘yilgan.

Mirobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida hududdagi "Mirobod dehqon bozori”ga tutash vaqtincha avtomashinalar to‘xtash joyida poytaxtning Yakkasaroy tumani Sarabo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Farhod Javohirov (ism va familiyasi o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 7000 dona, umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Nazorat tadbirlari poytaxtning Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi. Hududdagi aholi gavjum joylarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida uch nafar fuqaro tomonidan jami 4850 dona, umumiy qiymati 14,3 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ayni kunlarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari ham olib borilmoqda.

Jumladan, Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasining "Ishonch telefoni”ga hududdagi "Sergeli dehqon bozori” yonida joylashgan dorixonada narxlar asossiz ravishda oshirilgani, tibbiyotda ishlatiladigan spirt odatdagidan qimmat sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tuman davlat soliq xizmati xodimlari joyiga chiqqan holda sotuvchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, bu kabi holatlar takroran sodir etilgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida batafsil tushuntirish bergan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni mamlakatda koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida osoyishtalik bilan to‘g‘ri yo‘l tutishga chaqirmoqda. Mazkur vaziyatni imkoniyat deb bilib, o‘z nafsini ustun qo‘yadigan, ushbu jarayonlarda o‘z yurtdoshlarining hamyonini "o‘marishga” urinayotgan soxta "tadbirkor”larning har qanday qing‘ir ishi albatta fosh bo‘lishi ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, sanitariya talablariga javob bermaydigan bunday vositalar hech qanday himoya chorasiga ega bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli tibbiy vositalarni xarid qilishda sifat sertifikatiga e’tibor qaratish lozim, deyiladi boshqarma xabarida.

Agar fuqarolar zarur bo‘lgan mahsulotlar narxining asossiz ko‘tarilganiga guvoh bo‘lsa, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining +99871 2445486 raqamli "ishonch telefoni” ga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita viloyatga qatnovchi taksichilardan talabalarning uyga qaytayotganidan foydalanib, narxlarni ko‘tarmaslikni so‘radi. O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani ma’lum bo‘ldi hamda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirayotgani aytildi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirdi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda tibbiy niqoblar qimmatlashganining sababi tushuntirildi hamda mamlakatda bir kunda ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblar soni ma’lum qilindi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarni tashkil etmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:495 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031