• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 20 » Toshkentda 24 soatlik patrul rejimi tashkil etiladi
11:23
Toshkentda 24 soatlik patrul rejimi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni Toshkent shahar hokimligi veb sahifasida keltirilgan.
 
Hujjat bilan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy sudi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2018 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutadigan "Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi:
 
soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish;
 
ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo‘linmalari, ma'muriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini to‘liq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida o‘n olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;
 
huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularga chek qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalari, birinchi navbatda, jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining patrul guruhlari hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishini ta'minlash.
 
Patrullik qilish uchun biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinishi va ularga chek qo‘yilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan jamoat tartibini ta'minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari hisoblanadi.
 
Sutkaning kechki va tungi vaqtidagi faoliyat jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining va jalb etilgan davlat organlari bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yaqin hamkorligida tashkil etiladi.
 
Jamoat tartibini ta'minlash kuchlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida avtomobillarda patrullik qilish aralash tartibda, ya'ni ham avtomobillarda, ham piyoda amalga oshiriladi.
 
Sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borishga jalb etilgan jamoat tartibini ta'minlash kuchlari va davlat organlari shaxsiy tarkibining faoliyati davriy ravishda sutkaning kunduzgi vaqtidagi ish bilan almashtirib turiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1462 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930