• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 17 » Toshkentda 1 hafta muddatda “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkak ushlandi
21:15
Toshkentda 1 hafta muddatda “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkak ushlandi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqarolarni aldab, haydovchilik guvohnomasi olib berish uchun ulardan pul olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 16-mart kuni I. ismli fuqaro Yangihayot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 25-fevral kuni D. (1977-yilda tug‘ilgan) ismli shaxs bilan tanishib qolganini, u o‘zini tumanning "Fayzli” mahallasida joylashgan Avtodriver Study MChJda ishlashini aytib, haydovchilik guvohnomasi olishda qiyinchilik yuzaga kelsa, ishni hal qilib berishini ma’lum qilgan. Ushbu shaxs fuqaroga amaliy imtihondan o‘tkazib, 1 haftada haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan. Evaziga 200 ming so‘m so‘rab, pul va imtihonga kirish huquqini beruvchi hujjatlarini olgan. Fuqaro D. ismli shaxs va’dasini bajarmay, aldab yurganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shuningdek, shu kuni A. ismli shaxs ham Yangihayot tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 25-fevral kuni D. ismli shaxs bilan tanishgani, u o‘zini avtomaktab xodimi deb tanishtirganini va "prava” olib berishni aytganini ma’lum qilgan. U fuqarodan 400 ming so‘m va imtihon hujjatlarini olgan. Bir haftada guvohnoma olib berishini aytib, aldab yurgan. Fuqaro ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korrupsiyaviy holatlar yo‘qligini aytib, fuqarolarni firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirgandi. "Shiorimiz shuki, bilimingiz bo‘lsagina, haydovchilik guvohnomasini olasiz va rulga o‘tirasiz. Hozirda faqat bilim, bilim, bilim! Boshqachasiga iloji yo‘q”, — degan u.
Категория: Har-Hil | Просмотров:312 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031