• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Noyabr » 26 » Toshkent viloyatida tadbirkorga elektr uchun salkam 300 mln so‘m asossiz qarzdorlik yozildi
22:39
Toshkent viloyatida tadbirkorga elektr uchun salkam 300 mln so‘m asossiz qarzdorlik yozildi

Toshkent viloyatida tadbirkorga elektr energiyasi uchun 300 million so‘mga yaqin asossiz qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga 21-sentabr kuni "Chinoz yo‘lindustriya” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda elektr energiyasidan foydalanish jarayonida transformator va elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni hisoblashda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida tadbirkorga 2020-yildan 2022-yil sentabr oyiga qadar jami 200 181 600 so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun 89 617 088,7 so‘m qo‘shimcha penya hisoblangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan noroziliklar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan "O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limiga hamda "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ ga 2022-yil 28-sentabr kuni xat yuborilgan. Murojaatda keltirilgan holatlar qayta ko‘rib chiqilishi va tegishli hujjatlar hududiy boshqarmaga taqdim etilishi so‘ralgan. Murojaatdagi holat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va "O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limi bilan birgalikda o‘rganilganda tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomada elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchining barcha huquq majburiyatlari ko‘rsatilgan.

Biroq elektr energiyasidan foydalanish jarayonida transformator va elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni hisoblashda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida tadbirkorga jami 200 181 600 so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun 89 617 088 so‘m qo‘shimcha penya hisoblangani ma’lum bo‘ldi. "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan "Chinoz yo‘lindustriya” MCHJga asossiz hisoblangan qariyb 300 million so‘m qarzdorlik hisobdan chiqarilgan.

Sentabr oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Qibray tumanidagi tadbirkor murojaat qilib, unga elektr energiyasidan asossiz hisoblangan jami 114 167 880 so‘m qarzdorlik hisoblanganini ma’lum qilgan edi. Natijada "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan va asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:210 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930