• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 1 » Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
21:02
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi

Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining tuprog‘i unumdor, suvi mo‘l bo‘lib, bundan samarali foydalanilsa, hosildor bog‘ va tokzorlar barpo etish, intensiv sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish, odamlarning bandligini ta’minlash mumkin.

Prezidentning 10-sentabrdagi "Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu borada qator vazifalar belgilangan. Xususan, Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar paxta va g‘alla maydoni qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi. Bu 60 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Davlat rahbarining topshirig‘i bilan mutaxassislar ishtirokida Toshkent viloyatida foydalanilmayotgan imkoniyatlar o‘rganildi va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Yig‘ilishda ana shu takliflar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, viloyatda 62 ming gektar yerni foydalanishga kiritish hisob-kitob qilingan. Ularda yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, suv kam talab qiladigan moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari yetishtirish, chorva boqish mo‘ljallangan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining har bir tumani meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik, uzumchilik kabi muayyan tarmoqqa ixtisoslashtiriladi. Masalan,
Ohangaron, Toshkent, Zangiota, Parkent, Yangiyo‘l, Qibray tumanlarida qariyb 5 ming gektarda intensiv usulda sabzavot yetishtirish;
Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Bekobod, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida 1 ming 300 gektar yerni bog‘ qilish;
Parkent, Qibray va Piskent tumanlarida 2 ming gektardan ziyod tokzor barpo etish mumkinligi aytildi.

O‘rta Chirchiq, Toshkent va Bo‘stonliq tumanlarida "in-vitro” laboratoriyalari tashkil etib, urug‘lik kartoshka yetishtirish mo‘ljallangan. Umuman, mazkur chora-tadbirlar natijasida 24 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Prezident bu chora-tadbirlarni ma’qullab, ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:202 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031