• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1777
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida ekstremistlar qo‘lga olindi
08:46
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida ekstremistlar qo‘lga olindi

Kecha, 23 iyun kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan, "Tavhid va jihod katibasi” (TJK) xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lgan guruhlar tarafdorlarining noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Dastlabki to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada xalqaro terrorchilik tashkiloti, TJK safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 2001 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan A. Abduqahhorov va uning rahnamolarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, internet orqali ekstremistik mazmundagi videoroliklarni muhokama qilib, "hijrat” va "jihod” amallarini bajarish maqsadida Suriya Arab Respublikasiga chiqib ketishni rejalashtirgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu shaxslar orasida 3 nafari muqaddam terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tab chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismiga (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Sirg‘ali hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidagi 25 ta manzillarda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 25 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilgan. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan "Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yhatiga kiritilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:545 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930