• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 29 » Toshkent shahri tarkibiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hududlar nomi ma’lum bo‘ldi
11:59
Toshkent shahri tarkibiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hududlar nomi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar hokimligining "Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, "ToshkentboshplanLITI” DUK, Kentsel Yenileme Merkezi A.S. (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.

Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari O‘zbekistonni kelgusida Markaziy Osiyoning yirik ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va ilmiy sanoat markazi sifatida rivojlanishini ko‘zda tutadi.

Poytaxtni shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari quyidagicha hal etiladi:
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va turli joylarga o‘rnashtirishning umumrespublika tizimi bilan;

viloyat va unga tutash hududlarni yagona xalq xo‘jaligi, ijtimoiy va tabiiy ekologik majmualar sifatida rivojlantirishni hisobga olib;

Toshkent shahrining qiyofasini tubdan yangilash maqsadida uni zamonaviy shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish;

shaharning shaharsozlik rivojlanishining asosiy muammosi cheklangan hududiy resurslarda aholining son jihatdan o‘sishi bilan bog‘liq.
Konsepsiyada bosh rejaning quyidagi loyiha davrlari qabul qilingan:

Toshkent shahri aholi sonining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan;
o‘tgan davr 2018-yil – 2,490 million kishi (2019-yil 1-yanvariga ko‘ra — 2,51 million yashovchi);
hisob-kitob qilingan davr – 2041-yil 3,3 million kishi.

Shaharning zamonaviy hududi (2018-yil) 33,06 ming gektarni tashkil etadi. Toshkent shahrining hisoblangan muddatga hududi – 41,5 ming gektarni tashkil etadi.

Konsepsiyada shahar tarkibiga Xonobod posyolkasi, O‘zgarish posyolkasi, Yunusobodning shimol qismi (Zangiota tumani), Salar posyolkasi, Olmos posyolkasi (Qibray tumani) bir qismi, Sergeliga tutash bo‘lgan (Zangiota, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq tumanlari), Bektemir tumanining janubiy hududlari (Quyi Chirchiq tumani)ni kiritish rejalashtirilmoqda.

Shaharni rivojlantirish uchun Toshkent viloyatining yerlaridan, birinchi galda, qurilish ko‘zda tutilgan yer uchastkalarini ajratish va hisob-kitob muddatiga 8,4 ming gektar yer uchastkalarini ajratish mo‘ljallangan.

Toshkent shahrini istiqbolli rivojlantirish ikki guruh omillar bilan belgilanadi:

Toshkentning ma’muriy va siyosiy qomusi, uning davlat poytaxti sifatidagi ahamiyati va Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bilan shartlangan talablar;

shaharning ichki qonunlarini ijtimoiy-hududiy tizim sifatida rivojlantirish.

Poytaxtlilik, sharoitlarning yuqori standart sifatlariga erishish uchun yo‘naltirilgan hududlarni foydalanish rejimini va funksional tuzilmaviy tashkillashtirilishini ko‘zda tutadi. Rivojlantirishning limitlovchi omillari bo‘lib hududiy va suv resurslarining cheklanganligi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yili O‘zbekistonda Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati tumanlari hisobidan kengaytirish bo‘yicha hujjat tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь