• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 28 » Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi
17:04
Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi

Toshkentda 2020-yilning yanvar—may oyilari mobaynida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilgan bo‘lib, respublika bo‘ylab salbiy birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda 26-iyun kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, poytaxtda 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida poytaxt hududida sodir etilgan umumiy jinoyatlar 430 taga yoki 6 foizga kamaygan. 514 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 76 tasida yoki 14,8 foizida jinoyatlar sodir etilmagan, 369 tasida yoki 72,1 foizida kamayishga erishilgan bo‘lib, 40 tasida bu ko‘rsatkich oshgan.

Ta’kidlanishicha, qotillik va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lib, respublikada eng yomon salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan. Shuningdek, Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxslarning deyarli har uchinchisi yoshlar hamda har to‘rtinchisi ishsizlarni tashkil etadi.

"Achinarlisi, jami 79 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan 1 tadan qotillik, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari, 5 tadan og‘ir tan jarohati yetkazish va bosqinchilik, 3 ta firibgarlik, 8 ta talonchilik, 36 ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilgan. Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har o‘n birinchisini o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan”, — deyiladi xabarda.

2020-yilning 5 oyi mobaynida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar ham majlis ishtirokchilari tomonidan o‘rganilib, kriminogen vaziyatga baho berildi. Jumladan, mahallalar hududida sodir etilgan jinoyatlarning (1245 ta) jami jinoyatga nisbatan salmog‘i 43 foizni tashkil etib, shu turdagi jinoyatlar ham respublikada salbiy birinchi o‘rinni qayd etgan.

Shuningdek, jami qotillik jinoyatlarining 9 tasi yoshlar, 4 tasi xotin-qizlar, 3 tasi ilgari sudlanganlar, 8 tasi mast holda hamda 14 tasi o‘tkir tig‘li jismdan foydalanib sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har yettinchisi o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etganligi xabarda ta’kidlanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:455 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь