• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Toshkent metrosining Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi
19:42
Toshkent metrosining Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi

Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
2019-yilning avgust oyida Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasidagi Do‘stlik-2 hamda 2-bekatlarida qurilish ishlari tugatildi. Oraliq yo‘nalishida 2 ming 303 metrlik yangi relslar ham yotqizilib, dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan edi.

"Ma’lumki, ‘Toshkent metropoliteni’ UKning Do‘stlik bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalishi 11 kilometr bo‘lib, Do‘stlik-2 hamda 2, 3, 4, 5, 6 hamda Qo‘yliq bozoridagi 7-bekatlardan iborat. Ayni paytda Do‘stlik-2 dan Qo‘yliq mavzesigacha estakadalarning loyihada ko‘zda tutilgan tayanch ustunlar, birinchi va ikkinchi pog‘ona temir-beton poydevorlar, temir-beton rigel va balkalar to‘liq o‘rnatib bo‘lindi.

2-bekatdan Yangiobod hududidagi oltinchi bekatgacha bo‘lgan oralig‘iga yangi relslar ham yotqizilib, so‘nggi bosqichda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda quruvchilarimiz oltinchi hamda Qo‘yliq bozoridagi yettinchi bekat oralig‘ida bunyodkorlik ishlarini jadal sur’atlarda amalga oshirmoqda. Buning uchun 2 mingga yaqin ishchi-xodim va mutaxassis, yuzdan ko‘proq zamonaviy texnikalardan foydalanmoqda”, – deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kapital qurilish direksiyasi rahbar o‘rinbosari Aziz Abdiyev.

Bugungi kunga kelib 2, 3, 4, 5 hamda 6-bekatlarda ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Yangi qurib bitkazilgan bekatlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘lkirani elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar hamda eskalator bilan jihozlangan. Ikki qavatlik bekatlarning har biriga imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus liftlar ham o‘rnatildi.

Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 5 daqiqadan iborat bo‘lib, bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Rossiya federatsiyasidan metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy, yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega dastlabki beshta harakat tarkibi keltirildi va bugungi kunda bularning barchasi xizmat ko‘rsatish uchun texnik jihatidan har tomonlama tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:534 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829