• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 9 » Toshkent, Farg‘ona va Xorazmda 28 kishi koronavirusdan sog‘aydi
16:00
Toshkent, Farg‘ona va Xorazmda 28 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Bugun, 9 may kuni Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 10 nafar va Toshkent shahrida 13 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyagakuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Rossiyadan, 2 nafari esa Germaniya-Rossiya-Qozog‘iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Ularning barchasi erkak bo‘lib, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 131 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 136 nafarga yetdi.

Xorazmda sog‘ayganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo
‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 168 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 178 nafarga yetdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 548 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi. 

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha 2336 kishida koronavirus aniqlangan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:493 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь