Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab go‘yo bahor nafasi ufurib turgandi. Kuni kecha gidrometeorologiya xizmat markazi, 16 noyabrdan ob-havo sharoiti keskin ravishda o‘zgarishi haqida ma'lum qildi.
Bugun poytaxtimiz Toshkentda havo biroz o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sekunliga 12-17 metr tezlikda esadi. Harorat kunduzi 12-14 daraja, kechasi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
17 noyabr – kunduzi: +10+12 kechasi: +4+6
18 noyabr – kunduzi: +13+15 kechasi: +4+6
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat ayni vaqtda 3-8 daraja iliq. Kechasi harorat 3 darajagacha sovub ketishi kutilmoqda. 17-18 noyabr kunlari ham yog‘ingarchilik davom etadi. Harorat kechasi 5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yaqin 3 kun yomg‘ir yog‘adi. Bugun, 16 nlyabr kuni harorat 10-15 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 17-18 noyabr kunlari harorat kunduzi 12-17 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Oldindagi 3 kun uchun ham harorat bir xilda: kunduzi 10-15 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq.
Qashqadaryo viloyatida bugun yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Harorat kunduzi 13-18 daraja, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 17-18 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida ayni dam quyosh porlamoqda. Harorat +13+18. 17-18 noyabr kunlari ham yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Farg‘ona vodiysida yomg‘ir 17-18 noyabr kunlari ham davom etadi. Bugun harorat kunduzi 10-15 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq. 17-18 noyabr: kunduzi: +7+12 kechasi: +3+8.