• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Iyun » 19 » “Tosh va boshqa narsalarni otish futbolchilarga yordam emasligini yodda tuting”. Milliy gvardiya final oldidan muxlislarga murojaat bilan ch
07:37
“Tosh va boshqa narsalarni otish futbolchilarga yordam emasligini yodda tuting”. Milliy gvardiya final oldidan muxlislarga murojaat bilan ch

Milliy gvardiya 19-iyun kuni "Bunyodkor” stadionida 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2022 musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tishi munosabati bilan futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya stadionga keladigan muxlislarga o‘zini tutish madaniyatini yodda tutishni, hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, stadion texnik xodimlariga hurmat ko‘rsatish zarurligini, tozalik va jamoat tartibini saqlashni eslatib o‘tgan.

"Stadionga taqiqlangan narsalarni: qurol-yarog‘, tez yonuvchi moddalar va buyumlar, dori vositalari (retsept yoki uning nusxasi ko‘rsatilganda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha belgilangan miqdorda dori vositalaridan tashqari), oziq-ovqat va idishlarni; texnik jihozlar (mobil telefonlardan tashqari), himoya vositalari, xizmat asboblari va sport anjomlarini olib kelmang”, — keltiriladi xabarda.

Bundan tashqari, ishqibozlardan shubhali narsalar, shuningdek, jamoat tartibini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlariga yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga xabar berish so‘ralgan.

"Hurmatli muxlislar! Sizlarni madaniyatga chaqiramiz: o‘yinning borishidan, urilgan gollar yoki o‘tkazib yuborilgan gollar sonidan qat’i nazar, odobsiz so‘zlarni ishlatmang va bundan tashqari tartibsizliklarga olib keladigan chaqiriqlar, o‘yinning boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik qilmang.

Jamoat tartibini buzish, tosh va boshqa narsalarni otish, haddan tashqari his-tuyg‘ularni ushlab turolmaslik va bundan tashqari, hujum bilan nizo qo‘zg‘atish sportchilar uchun yordam emasligini yodda tuting. Qolaversa, muxlislarning xulq-atvori sportchilarimizga va umuman davlatga bo‘lgan munosabatga bevosita ta’sir qiladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Milliy gvardiya axborot xizmati bezorilik, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi haqida eslatib o‘tgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:300 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930