• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 4 » Tomoq og‘rig‘i artritga sababmi?
11:42
Tomoq og‘rig‘i artritga sababmi?

«O‘ziga o‘ta talabchan, shaxsiy istak va ehtiyojlarini izhor etolmaydigan, dam olish, bo‘shashishni bilmaydigan insonlarda artrit nisbatan ko‘proq uchraydi». Psixologiya to‘g‘risidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan yozuvchi Liz BURBOning «O‘z tanangni tingla» kitobida artritning kelib chiqish tarixi shunday ifodalanadi. Albatta, bu kasallikning hissiyotlar bilan bog‘liqlik holati. Garchi tibbiyotda artrit bo‘g‘im kasalligi sifatida ta'riflansa-da,  ruhiyatga ta'siri ham yo‘q emas. Bu mavzuga maqola davomida yana qaytamiz.

Mutaxassis – shifokor-revmatolog Zebo DONOQULOVA.

Tishlaringiz sog‘lommi?

Bo‘g‘im yallig‘lanishi bilan kechadigan artrit revmatologik kasalliklarning eng ko‘p uchraydigan turidir. U infeksion (sil, termala)  va surunkali kasalliklar (murtak bezlari, o‘rta quloq, burun, yondosh bo‘shliqlarning yallig‘lanishi), bo‘g‘imlar shikastlanishi, tish kasalliklari (chirigan va kariyesga uchragan tishlar) natijasida yuzaga keladi.  Bitta bo‘g‘im yallig‘langanida monoartrit, ikki va undan ortig‘i poliartrit nomi bilan yuritiladi.

Og‘riq, og‘riq, og‘riq...

Bu aynan artrit uchun hosdir. Bo‘g‘imdagi yallig‘lanish shish, qizarish, tana haroratining ko‘tarilishi va og‘riq bilan aks etadi. Ayrim kasalliklar tunda yoki bemor tinch holatda bo‘lganida xuruj qilsa, artrit vaqt tanlamaydi. Kunduzi boshlangan og‘riq kun davomida tinchlik bermay, tunda ham ozor berishi mumkin. Xastalik turi va darajasiga ko‘ra, bir paytning o‘zida yoki vaqti-vaqti bilan o‘zini nomoyon etishi ham ehtimoldan xoli emas. Og‘ir yuk ko‘targanda zararlangan bo‘g‘imda og‘riq qo‘zg‘alishi, tez toliqish, harakatning cheklanishi, yallig‘langan bo‘g‘imda suyuqlik yig‘ilishi – artrit avj olayotganining belgisidir.

Tibbiyotda artritning bir necha turlari tasniflanadi. Bular reaktiv artrit, revmatoid, yiringli, distrofik (osteartroz), stafilokokkli va podagra asoratidan so‘ng kelib chiqadigan ko‘rinishlaridir. Bugungi kunda revmatologik kasalliklar bilan murojaat qilayotgan bemorlarning aksariyatida reaktiv artrit kuzatilmoqda.

Kasallik tarixi

Artrit turlarining kelib chiqishi har xil. Masalan,  distrofik artrit (osteartroz) – organizmda moddalar almashinuvining buzilishi va bo‘g‘imlarda tuz yig‘ilishi natijasida kelib chiqadi. Og‘riq xurujida bo‘g‘im sohasida achishshish kuzatiladi. Reaktiv artrit esa LOR kasalliklari, ginekologik, urologik va oshqozon ichak tizimidagi yallig‘lanish asoratlari hamda TORCH infeksiyasi (80-90% holatlarda) bois yuzaga keladi. Oyoq-qo‘l karaxtligiga olib keluvchi revmatoid artrit esa qondagi antitanachalar organizmdagi biriktiruv to‘qimalarini zararlantirish oqibatida paydo bo‘ladi.

Tahlilga tayyormisiz?

Bo‘g‘im og‘rig‘ini deb bir necha kun halovatingiz yo‘qmi? «O‘tib ketar» qabilida ish tutmang-da, shifokorga ko‘rining. Umumiy ahvolingizdan kelib chiqib, travmatolog yoki revmatolog mutaxassislar ko‘rigi talab etiladi. Xastalikka tashxis qo‘yishda  dastlab, yoshingiz, shikoyatlaringiz inobatga olinadi va bo‘g‘im holati tekshiriladi. So‘ng shifokor yo‘llanmasi bilan  umumiy qon tahlili (qondagi eritrotsitlarning cho‘kish tezligi, leykotsitlar miqdori) aniqlanadi. Suyak va bo‘g‘imlarning rentgen tekshiruvi, bo‘g‘im ichki suyuqligi hamda kompyuter tomografiya tahlili ham o‘tkazilishi mumkin.

Bir umrlikmi tashhis?!

Ko‘pchilik nazdida artrit bilan og‘rigan kishi bir umr davolanib yurishi lozim degan tushuncha bor. Aslida bu qanchalik rost? Mutaxassislar bo‘g‘imdagi yallig‘lanish vaqtida davolanilsa, kasallik qaytalanmasligini aytishadi. Surunkali bo‘g‘im kasalliklari, ya'ni revmatoid artrit ichki a'zolarning shikastlanishi bilan birga kuzatilgani bois uzoq vaqt shifokor nazoratida davolanish talab etiladi. Reaktiv artritning yengil ko‘rinishlari dastlabki muolajadan so‘ng qaytalanmaydi. Ayrim hollarda revmatologik kasalliklarning bir turidan ikkinchisiga o‘tishi kuzatiladi. Lekin mutaxassis nazoratida to‘g‘ri davolanilsa, hech qanday jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Nasldan o‘tadi?!

Revmatologik kasalliklarda nasldan-naslga o‘tadigan aniq tashhis mavjud emas. Tizimli xastaliklar, revmatoid artritda oz miqdorda nasliy moyillik kuzatilishi mumkin. Agar oila a'zolaringizdan biri artritning biror turi bilan og‘rigan bo‘lsa, bu siz ham xastalanasiz degani emas. Asosiy shart, sog‘lom turmush tarziga rioya etib, shamollashni oyoqda o‘tkazmaslik. Zero, organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarining aksar qismi oyoqdan zax o‘tishi yoki yelvizakda qolish oqibatida kelib chiqadi.

Davosi operatsiya?

Muolajani boshlashdan avval artrit turi va uni keltirib chiqargan omillar aniqlanadi. Masalan, reaktiv artrit sababchisi LOR kasalliklari bo‘lsa, bo‘g‘imni davolashdan oldin tomoq, burun yoki quloq sohasidagi yallig‘lanishlarga e'tibor qaratish kerak. Bordiyu bemor surunkali tonzillit, faringit yoki gaymorit bilan og‘risa, har bahor-kuz mavsumida otoloringolog shifokor ko‘rigidan o‘tishi tavsiya etiladi. Hozirda artritning bir qancha davolash choralari qo‘llanilmoqda. Xususan:

yallig‘lanishga qarshi nesteroid preparatlar (tomir ichiga, yonboshga yoki bo‘g‘im ichiga yuboriladi, shuningdek, surtma ko‘rinishdagi turlari  ham bor);
bo‘g‘im ichiga yuboriladigan yallig‘lanishga qarshi gormonal in'yeksiyalar;
mushak siqilishi (spazm)ni yengillashtirish uchun miorelaksant preparatlari;
stress asoratida yuzaga kelgan artritda asosiy muolaja bilan birga antidepressant vositalar ham foydalaniladi;
tog‘ay suyagini yaxshilovchi dorilar, vitaminlar, aminokistolar ham buyurilishi mumkin;
shikastlangan bo‘g‘imga zo‘riqish tushmasligi uchun maxsus bandaj va ortopedik stelkalarni taqib yurish;
fiziomuolaja, puls terapiya, shuningdek zararlangan bo‘g‘im hajmi katta va kasallik avj olib borayotgan holatlarda, chanoq va tizza bo‘g‘imlarini jarrohlik yordamida davolash, protez qo‘yish amaliyotlari bajariladi.
Bo‘g‘imlar uchun taomnoma

Har qanday kasallikda to‘g‘ri iste'mol qilingan mahsulotlar g‘oyat muhim sanaladi. Tushunganingizdek, artrit bilan og‘riganlar quyidagi  ro‘yhatga diqqat qaratishlari ayni muddao:

Tarkibida Omega-3 yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan losos balig‘i, muolaja vaqti tez-tez iste'mol qilinsa,  bo‘g‘im yallig‘lanishi kamayadi;
 Kunora bir siqim bodom yeyilishi, organizni Ye vitamini bilan rag‘batlantiradi. Ushbu vitamin bo‘g‘im xaltasining tashqi  membranasini mustahkamlaydi. Bu esa bo‘g‘imning erkin radikallardan himoyasidir. Agar bodomga allergiyangiz bo‘lsa, kungaboqar pistasi yoki yeryong‘oq yeyishingiz mumkin.
Har kuni bitta olma yeyishga odatlaning. Bu meva tog‘ay uchun foydali.
Qora loviya. Artrit haqida so‘z borganida dukkaklilarning aynan mazkur turi foydali sanaladi. Tarkibida marganets, mineral va ko‘p miqdorda antioksidantlar bor.
Qishin-yozin topish mumkin bo‘lgan karam! Bo‘g‘imlarga kaltsiy ulashadi.
Ajoyib ko‘rinishga ega brokkolini tuzsiz suvda qaynatib yeyish ham artritga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi.
Artrit muolajasi samarali natijani ko‘rsatishi uchun qahva, shokolad, spirtli ichimliklar, tuz, shakar, margarin, sariyog‘, qandolatchilik pishiriqlari va fast-fud bilan hayrlashing.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2460 | Добавил: Admin | Теги: Tomoq og‘rig‘i artritga sababmi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031