• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » Tokiodagi O‘zbekiston elchixonasi Yaponiyadagi o‘zbekistonliklarga koronavirus sabab murojaat yo‘lladi
15:16
Tokiodagi O‘zbekiston elchixonasi Yaponiyadagi o‘zbekistonliklarga koronavirus sabab murojaat yo‘lladi

2020-yil 6-mart kuni O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi o‘zining rasmiy veb-sayti, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi va Telegram messenjeridagi kanali orqali Yaponiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi.

"Hozirgi kunda Yaponiya hududida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni oshib, kasallik tarqagan prefekturalar ko‘payib borayotgani hammamizni xavotirga solmasdan iloji yo‘q. Ushbu kasallik tarqalishi bilan kurashish maqsadida Yaponiya hukumati aniq chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Yaqin kelajakda virus tarqalishining kamayishiga va uning xavfi keskin susayishiga umid qilib qolamiz”, – deyiladi murojaatda.

Bunday sharoitda O‘zbekiston hukumati ham mamlakat aholisi sog‘lig‘ini saqlash, koronavirusning respublikaga kirib kelishini oldini olish maqsadida bir qator choralar ko‘rmoqda.

Xususan, joriy yilning mart oyidan Toshkent—Tokio—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ammo virus tarqalishi sharoitida va ehtiyot chora sifatida mazkur aviaqatnov vaqtinchalik bekor qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1-martidan boshlab O‘zbekistonga Yaponiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali fuqarolar bir vaqtda uyushgan holda kirib kelganda, ular epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi qaroriga muvofiq belgilangan muassasalarda 14 kunlik karantinga joylashtirib, tibbiy nazorat, tashxis va davolash ishlari o‘tkaziladi.

"Ushbu choralar mamlakat xavfsizligini va xalqimiz sihat-salomatligini ta’minlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Sizlar va yaqinlaringizdan agar bu choralar ayrim noqulayliklar tug‘dirayotgan bo‘lsa, ushbu holatni to‘g‘ri tushunishingizni va qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz.

O‘z navbatida oldingi murojaatnomalarimizda qayd etganimizdek, barchangizdan kerakli ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, xususan, barcha sanitariya-gigiyenik talablarga rioya qilishingizni, odamlar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida maxsus niqoblardan foydalanishingizni, go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishda uning yaxshi pishganligiga e’tibor qaratishingizni, maxsus gigiyenik dezinfeksiya va tozalash vositalaridan foydalanib yurishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Kasallik alomatlarini (haroratning oshishi, yo‘tal, holsizlanish va hokazolar) sezgan fuqarolardan darhol maxsus tibbiyot muassasalariga murojaat qilish so‘raladi.

Elchixona konsullik bo‘limining +8170-1273-4900 telefon raqami har kuni 24 soat mobaynida murojaatlarni qabul qilishga tayyor. Aviaqatnovlar masalalari bo‘yicha +8170-1431-0026 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Bundan tashqari, kasallik alomatlarini sezgan fuqarolardan darhol +8150-3816-2787 raqamiga xabar berish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilishingizni so‘ralmoqda.

"Kuzatilayotgan sharoitda elchixona hamma vatandoshlarimizga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini bildiradi. Xususan, hozirgi kunda himoya niqoblari yetishmovchiligini inobatga olib, elchixona cheklangan miqdorda bo‘lsa ham niqoblar zaxirasiga ega ekanligini va ehtiyoj sezayotgan vatandoshlarimiz elchixonadan niqobni bepul olishi mumkinligini bildirmoqchimiz”, — deyilgan murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari ko‘rilmoqda, nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031