• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » Tojikistonga 35 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi
13:16
Tojikistonga 35 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi

Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga o‘z samolyotlari bortiga 35 ta davlat fuqarolarini olmaslik haqida telegramma jo‘natdi. Shunday telegramma turkompaniyalarga ham yo‘llangan, deb xabar berdi Asia-Plus.

Qayd etilishicha, bu ogohlantirish koronavirus tarqalishi oldini olish va mamlakat fuqarolari salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bilan asoslangan.

Tojikistonga fuqarolari vaqtincha kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatiga Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kamboja, Filippin, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, Britaniya, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya, Isroil, Avstriya, Xorvatiya, Shveysariya, AQSh, Kanada, BAA, Misr, Eron, Livan, Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afg‘oniston, Iroq va Jazoir kiritilgan.

Bundan tashqari, agentlik bu davlatlarning Tojikistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tranzit reys bilan kelmoqchi bo‘lgan fuqarolariga aviachiptalar sotishni to‘xtatishga chaqirgan.

"Bu davlatlar fuqarolariga aviachipta sotilib, ular Tojikistondagi aeroportlarga kelgan bo‘lsa, ular shu reyslarning o‘zi bilan ortga qaytarilib yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tojikistonning shu davlatlardan kelgan fuqarolari karantinga joylanadi.

Ayni vaqtda Tojikistonga uchuvchi barcha reyslar yo‘lovchilarining tana harorati teplovizor yordamida tekshirilmoqda.

Avvalroq Tojikiston koronavirus xavfi tufayli Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:494 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031